Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, taʼmirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiyalar xizmati mutaxassislarining 220 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida releli himoya va avtomatika tizimi elektr qurilmalarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish va ko‘rikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ish jarayoni aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral liniyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish, yaʼni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
▶️ Batafsil
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati