2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
O‘zbekistonning ekologik barqarorligi: chiqindilarni qayta ishlash
  • 03.02.2025
  • 6

Mamlakatimizda har yili 14 million tonna chiqindining atigi 4 - 5 foizi qayta ishlanadi.  Atmosfera va tuproqqa axlat poligonlarida hosil bo‘ladigan 7 million tonnadan ortiq issiqxona gazlari hamda 43 ming tonna zaharli filtrlanmalar tushadi.

Respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston hozirda quyidagi qadamlarni qo‘ymoqda:

✅  Chiqindilarni boshqarish agentligini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

✅  Mamlakatdagi 80 dan ortiq korxonada chiqindilarni kamaytirish uskunalari o‘rnatildi

✅  Aholi uchun chiqindilarni alohida-alohida yig‘ish orqali daromad topish imkoniyati ishlab chiqilmoqda

✅  Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha 8 ta yangi zavod qurilishi rejalashtirilgan

 

Manba: https://t.me/clearenergy/2684

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati