Yaponiyalik olimlar quyosh energiyasi yordamida vodorod ishlab chiqarish uchun gidrogel yaratdi!
Gidrogel tabiiy fotosintez jarayonini taqlid qiladi: u quyosh nuridan foydalanib suvni parchalaydi va natijada kislorod hamda vodorod hosil bo‘ladi. Ushbu texnologiya ruteniy va platina nanozarrachalari bilan o‘ziga xos polimer to‘rlardan foydalanadi, bu esa molekulalarning birikib qolish muammosini bartaraf etib, jarayonni yanada samarali qiladi.
Yangi texnologiya faqat qayta tiklanadigan manbalardan foydalangan holda vodorod olishning barqaror usulini taklif etadi.
Manba: https://t.me/clearenergy/2683
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati