2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
Prezident O‘zbekistonning yashil rivojlanish modeli haqida
  • 29.01.2025
  • 6

Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni «Abu-Dabi barqaror taraqqiyot haftaligi» sammitida nutq so‘zladi.

«Abu-Dabi barqaror taraqqiyot haftaligi» (ADSW) barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yetakchi global maydonlardan biridir.

Prezident o‘z nutqida bugungi kunda energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va uglevodorodlar ulushini kamaytirish iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, barqaror rivojlanish va global xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sharti ekanligini ta’kidladi.

Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadi resurslarni tejaydigan, «yashil» rivojlanish modeliga o‘tish orqali ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdan iborat.

Aynan shu sababdan 2025-yil O‘zbekistonda Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil» iqtisodiyot yili deb e’lon qilindi.

Biz uzoq muddatli past uglerodli rivojlanish strategiyasi va «yashil» moliyalashtirish milliy dasturini ishlab chiqdik. Keyingi besh yil ichida investitsiya loyihalaridagi «yashil» tarkibiy qismlarni 50 foizgacha ko‘paytiramiz.
- deb ta’kidladi Prezident.

Davlat rahbarining sammitda ilgari surgan taklif va tashabbuslariga oid batafsil ma’lumotni kanalimizning keyingi xabarlarida yoritib boramiz.

Yangiliklar bilan tanishib boring!

Manba: https://t.me/clearenergy/2681

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati