2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha yangi zavodlar
  • 27.01.2025
  • 6

O‘zbekistonda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda 8 ta chiqindi yoqish va chiqindilarni qayta ishlash zavodlari qurilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyihalarga taxminan 1,3 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritilishi kutilmoqda.

Bu loyihalar qatoriga quyidagilar kiradi:

♦ Andijon va Toshkent viloyatlarida 2 ta zavod
♦ Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 2 ta zavod
♦ Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun 1 ta zavod
♦ Ohangaron poligonida chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod

Zavodlar har yili 4,7 million tonnadan ortiq chiqindini yoqish va 97 million AQSh dollari qiymatida 2,1 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangi quvvatlar 152 million kub metr tabiiy gazni tejash va issiqxona gazlari chiqindilarini 2,4 million tonnaga kamaytirish imkonini yaratadi.

Manba: https://t.me/clearenergy/2679 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati