“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2024-yil yanvar-dekabr oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali transportirovka qilingan elektr energiyasi miqdori jami 74 mlrd. kVt•soatni tashkil etdi (reja 100 foizga bajarildi). 2023-yilga nisbatan o‘sish surʼati 102,9 foizni tashkil etdi.
Qo‘shni davlatlarga tranzit qilingan elektr energiyasi miqdori jami 1,932 mlrd. kVt•soatni (Qozog‘iston–Qozog‘iston hamda Turkmaniston–Qirg‘iziston yo‘nalishi bo‘yicha) tashkil etdi. Reja 1,860 mld. kVt•soat bo‘lib, 104 foizga bajarildi.
2024-yilda elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatishdagi texnologik yo‘qotishlar rejasi 2,97% yoki 2,6 mlrd. kVt•soat edi. Amaldagi yo‘qotish hajmi 2,28 % yoki 2,3 mlrd. kVt•soat tashkil etib, 256 mln. kVt•soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. Bu ko‘rsatkich elektr energiyasini uzatishda tarmoqlar yangilanib, shu bilan birga, joriy va mukammal taʼmirlash jarayoni tegishli tartibda amalga oshirilayotgani hamda yuqori kuchlanishli podstansiya va magistral elektr uzatish tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish ishlari to‘g‘ri tashkil etilganidan dalolat beradi.
Podstansiyalarda o‘z elektr energiyasini isteʼmolini tejash bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlariga asosan 2024-yilda magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan jami 25 914,8 ming kVt•soat tejalib (2024 yil rejasi 22 121,7 ming kVt•soat), reja 117,2 foizga bajarildi.
Aksiyadorlik jamiyatga qarashli binolarning energiya taʼminoti uchun jami quvvati 703 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, shundan 150 kVt quvvatli panellar 2024-yilda o‘rnatildi. 2024-yil davomida quyosh panellari orqali 694,6 ming kVt•soat elektr energiyasi (yashil energiya) hosil qilinib, shundan 115,1 ming kVt•soat energiyasi tuman elektr tarmoqlariga uzatilgan.
2024-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Elektr energiyasi texnologik sarflarini hamda energiya oqimlarini tahlil qilish bo‘limiga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar, shu bilan birga, bo‘lim mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan barcha vazifa-majburiyatlar to‘liq bajarildi. Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar Aksiyadorlik jamiyati veb-saytining “Yangiliklar” nomli rukniga yuklab borilmoqda.
Salim Eshonqulov, Elektr energiyasi texnologik sarflarini hamda energiya oqimlarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati