“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi tarkibida: Elektr tarmoqlarini ekspulatatsiya qilish boshqarmasi, Elektr tarmoqlariga ulanish shuʼbasi va Ekspluatatsiyaga qabul qilish shuʼbasi faoliyat olib boradi.
Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
► magistral elektr tarmoqlari filiallari tasarrufidagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida olib borilayotgan ekspluatatsiya ishlarini nazorat qilish, muvofiqlashtirish;
► mukammal va joriy taʼmirlash ishlarinining rejalarini ishlab chiqish, ularning o‘z vaqtida va sifatli olib borilishini nazorat qilish, muvofiqlashtirish;
► elektr uzatish tarmoqlarini va podstansiyalardagi rejalashtirishgan ekspuatatsiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan taqdim qilingan talabnomalarni o‘rganib chiqib, xaridlar va taqsimot rejalarini tashkil qilish;
► magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish, podstansiyalarda o‘rnatilgan transformatorlarning quvvatlarini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
► uzatish tarmoqlariga ulanish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan kelib tushgan talabnomalarga asosan texnik shartlarni ishlab chiqish;
► yangi qurilgan podstansiya elektr qurilmalarini va elektr tarmoqlarini o‘rnatilgan tartibda ekspluatatsiyaga qabul qilish.
2024–2025-yil kuz-qish mavsumida elektr qurimalarini barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida umumiy quvvati 736 MVA bo‘lgan 9 dona kuch transformatori va 848 kmdan ziyod uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini mukammal taʼmirlash rejalashtirilib, 2024-yil davoimda rejaga asosan 941,4 km (rejaga nisbatan 111 foiz) uzunlikdagi elektr tarmoqlari va podstansiyalardagi 10 dona transformator (rejaga nisbatan 111 foiz), 34 dona o‘chirgich (rejaga nisbatan 110 foiz), 4 dona kompressor qurilmalari (100 foiz) mukammal taʼmirlandi.
Shuningdek, 5490,2 km elektr uzatish tarmoqlari, 310 ta transformator, 1677 ta o‘chirgich va 12 ta kompressor qurilmasida joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.
Shu bilan birga, transformatorlarning sovutish tizimidagi 113 ta dvigatel taʼmirlandi va 66 ta yangi dvigatel o‘rnatildi.
220–500 kV kuchlanishli 12 250 km elektr tarmog‘i navbatdan tashqari va davriy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda 721 ta qushlar qo‘nishiga qarshi moslama, 10 000 tadan ortiq izolyator o‘rnatildi, chaqmoqqaytargich trosslar va kontur yerlagichlar holati tekshirildi.
Bundan tashqari, 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida olib boriladigan ko‘rik ishlarining samaradorligini oshirish, yaʼni borish qiyin bo‘lgan hududlar, muhofaza zonasidagi yangi qurilishlar, daraxtzorlarni aniqlash hamda avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda elektr tarmog‘ining shikastlangan joyini qisqa muddatlarda topish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatidan (dron) foydalanish joriy etilgan bo‘lib, o‘tgan yil davomida 1050 kilometr elektr tarmoqlarining 3170 dona tayanchi hamda 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarning elektr qurilmalarida dron yordamida nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.
Bosh boshqarma tarkibidagi elektr tarmoqlariga ulanish shuʼbasi tomonidan foydalanuvchilar tomonidan taqdim qilingan talabnomalarga asosan uzatish tizimiga ulanish bo‘yicha 60 tadan ziyod texnik shartlar ishlab chiqilib, foydalanuvchilarga taqdim qilindi.
Ekspluatatsiyaga qabul qilish shuʼbasi tomonidan Samarqand viloyatidagi “Tutli” va Navoiy viloyatidagi “Karmana” fotoelektr stansiyalarining 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarining tegishli hujjatlari rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda Aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilindi.
2024-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasiga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar, shu bilan birga, boshqarma mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan barcha vazifa-majburiyatlar to‘liq bajarildi. Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar Aksiyadorlik jamiyati veb-saytining “Yangiliklar” nomli rukniga yuklab borilmoqda.
Shamsiddin Kulibayev, Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati