2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
220 kV kuchlanishli “O’zgarish”, “Farg’ona” va “Sokin” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda
  • 04.02.2025
  • 31

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli «Magistral tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish investitsiya loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini amalga oshirish maqsadida «Farg’ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli  “O’zgarish”, “Farg’ona” va “Sokin” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Loyiha dasturi grafik rejasiga ko‘ra 220/110/10 kV kuchlanishli “O‘zgarish” podstansiyasi L-Devayron LR-110 kV da R-OSSh-110 tomonidagi shleyflarni mahkamlash va zamonaviy qurilmalarga almashtirish ishlari bajarildi. Shuningdek, “Sokin” podstansiyasida L-7S-1-110 yacheykasida elegazli o‘chirgichda joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati