2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
2024-yil SARHISOBI: Aksiyadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari va tijorat banklari moliyaviy ko‘magi yordamida jami 55,9 mln dollar sarmoyaga teng ishlarni amalga oshirdi
  • 31.01.2025
  • 6

Maʼlumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘zining bir qator vazifalari amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqbolli elektr tarmoqlarining qurilish dasturlarini ham amalga oshiradi.

Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Kapital qurilish boshqarmasi magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, boshqarma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati  tarkibiy korxona va bo‘linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini va, zarur bo‘lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qiladi.

Ushbu amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharlararo norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boradi.

Aksiyadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari va tijorat banklari hisobidan 2024-yilda jami 55,9 mln dollar miqdorida (rejaga nisbatan 109,8 foiz) o‘zlashtirdi.

2024-yilda O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari hisobidan 4 ta investitsiya loyihasi ishga tushirdi:

• Qashqadaryo viloyati “Nishon tumanida quriladigan 500 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash” loyihasi doirasida uzunligi 32,8 km bo‘lgan 220 kV elektr uzatish havo tarmog‘i;

• Buxoro viloyati “Qorovulbozor tumanida quriladigan 500 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash” loyihasi doirasida uzunligi 44,7 km bo‘lgan 220 kV elektr uzatish havo tarmog‘i;

• “Yuqori Chirchiq tumanida quriladigan quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash” loyihasi doirasida uzunligi 0,6 km bo‘lgan 220 kV elektr uzatish havo tarmog‘i;

• “Andijon viloyatidagi isteʼmolchilarning elektr taʼminotini yaxshilash hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va yangi 220/110/10 kV kuchlanishli podstansiya qurish” investitsiya loyihasi doirasida uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kV va 1,2 km bo‘lgan 110 kV elektr uzatish havo tarmog‘i va quvvati 250 MVA bo‘lgan yangi podstansiya.

“O‘zbekiston MET” AJ  respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.

Xususan, 2024-yilda investitsiya loyihalari doirasida 6 podstansiyalarda jami 1367 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.

Jumladan:

►  Namangan viloyati – 175 MVAga           

“Sardor” podstansiyasi ⇋ 175 MVA;

►  Andijon viloyati – 425 MVAga            

“Lochin” podstansiyasi ⇋ 300 MVA;

“Saroy” podstansiyasi ⇋ 125 MVA;

►  Toshkent shahri – 17 MVAga      

“Qo‘yliq” podstansiyasi ⇋ 17 MVA;

►  Jizzax viloyati – 500 MVAga    

“Zafarobod” podstansiyasi ⇋ 500 MVA;

►  Surxondaryo viloyati – 250 MVAga       

“Sherobod-2” podstansiyasi ⇋ 250 MVA.

2024-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Kapital qurilish boshqarmasiga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar, shu bilan birga, boshqarma mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan barcha vazifa-majburiyatlar to‘liq bajarildi. Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar Aksiyadorlik jamiyati veb-saytining “Yangiliklar” nomli rukniga yuklab borilmoqda.

 

Zafar Usmonov, Kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati