2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
2024-yil SARHISOBI: Aksiyadorlik jamiyati moliyaviy faoliyati to‘g‘risida oylik, choraklik va yillik maʼlumotlar tegishli tartibda taqdim etib borilmoqda
  • 31.01.2025
  • 15

Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil davrida “O‘zbekiston MET” AJning 2024-yilga mo‘ljallangan “Biznes-reja”sini ijrosi bo‘yicha barcha bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmatlardan tegishli maʼlumotlar olinib, tahlil qilindi. Jamlargan axborot shakllantirilib, Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyul sanasidagi 207-sonli qaroriga asosan “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari”ni har chorakda aniqlash belgigangan bo‘lib, ushbu qaror topshiriqlari har chorak yakuni bo‘yicha bajarildi. Shu bilan birga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi internet saytiga yuklandi.

Aksiyadorlik jamiyatining 2024-yilga magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan pudratchilar tomonidan bajariladigan joriy va mukammal taʼmirlash ishlariga sarflanishi kutilayotgan mablag‘lar bo‘yicha tegishli boshqarmalar tomonidan maʼlumotlarni shakllantirish hamda bajarilgan taʼmirlash ishlari bo‘yicha har oyda maʼlumotlarni umumlashtirish bo‘yicha tegishli ishlar tashkil etildi.

“O‘zbekiston MET” AJning markaziy apparati va hududiy filiallaridan shtat-birliklari jadvallariga qo‘shimcha va o‘zgaritishlar kiritish yuzasidan tushayotgan 62 ta murojaat va taklif ko‘rib chiqildi. Shundan 30 tasiga ruxsat berildi va 32 tasiga qayta ko‘rib chiqish taklifi kiritildi. Barcha filial va bo‘linmalarga xarajatlar, taʼmirlash ishlari, ish haqi xarajatlari va rasshifrovka bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish hamda ulardan kelayotgan xatlarga o‘z vaqtida javob yo‘llandi.

“O‘zbekiston MET” AJning 2024-yil uchun moliyaviy oqimlari hisobotlari rejasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirliklari bilan ishlab chiqildi, shuningdek ijrosi bo‘yicha-yil davomida oylik maʼlumot kiritilib borildi.

“O‘zbekiston MET” AJning ijro apparati bo‘yicha 2024-yil har oy uchun 1-T, 1-BX shakli mehnat hisobotlari tuzilib, Davlat statistika boshqarmasiga taqdim etildi.

“O‘zbekiston MET” AJning filiallar va bo‘linmalarning 2024-yil uchun xarajatlar smetasi hisobotlari jamlandi. Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining tegishli buyruqlariga asosan, filiallar va bo‘linmalar tomonidan joriy-yilning  I chorak, I yarimyillik, 9 oylik va 2024-yil yakuni bo‘yicha xarajatlar smetasi, ishlab chiqarish xizmatlari xarajatlari, butlovchi materiallar xarajatlari, boshqa xarajatlar, kalkulyatsiya, foyda soliqlari (Pr2) hisobotlariini ijrosi yuzasidan tegishli hisobot va maʼlumotlar to‘plandi hamda tahlil qilinib, tegishli vazirlik va idoralarga Aksiyadorlik jamiyati moliyaviy faoliyati to‘g‘risida oylik maʼlumotlar tegishli tartibda taqdim etildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Energetika vazirliklari topshirig‘iga muvofiq “O‘zbekiston MET” AJ 2025-yil uchun elektr energiyasi transportirovka xizmati tarifini shakllantirish hisob-kitoblari, Aksiyadorlik jamiyatining barcha filiallari va markaziy apparatning bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmatlardan tegishli maʼlumotlar asoslangan holda, 2019-yildagi Vazirlar Mahkamasining 310-sonli qaroriga asoslangan holda hisoblandi va yuqori turuvchi tashkilotlarga o‘rganib chiqib, Aksiyadorlik jamiyatining elektr energiyasi transportirovka xizmati tarifini belgilab berishi uchun taqdim etildi.

 “O‘zbekiston MET” AJning 2025-yilga mo‘ljallangan “Biznes-reja”si va xarajat hamda daromadlar smetasi ishlab chiqilib, Kuzatuv kengashi yig‘ilishida tasdiqlash uchun kiritildi.

“O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparatining boshqarma, bo‘lim va xizmatlari tomonidan taqdim etilgan rag‘batlantirish xarakteridagi pul to‘lovlarini hisoblanishi bo‘yicha, Aksiyadorlik jamiyatining markaziy apparati boshqarma, bo‘lim va xizmatlari tomonidan taqdim etilgan bildirgilar tahlil qilindi hamda joriy-yil har hisobot oyining yakuni bilan belgilangan tartibda buyruq va komissiya qarorlari chiqarilib, Buxgalteriya hisobi va hisobotlari boshqarmasiga hamda Filiallarga taqdim etib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda 2024-yilda “Sarf-xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish” bo‘yicha Prognoz reja va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning (Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi “UzAssets” AJ va boshqalar) tegishli topshiriqlariga asosan, Aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha “Sarf-xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish” bo‘yicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etib borildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq 2025-yilda “Sarf-xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish” bo‘yicha prognoz rejalar ishlab chiqildi.

“O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparati xodimlari faoliyatini baholab borish maqasida, “Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi (KPI)ni baholash” to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqilib, tasdiqlandi va amalga tadbiq etildi.

“O‘zbekiston MET” AJning 2020-yil 17-iyundagi 176-sonli «Ish stajini tiklash bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan, 45 nafar ishchi-xodimlarning arizalariga asosan, hujjatlar to‘planib, ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etildi va uning xulosasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, ishchi-xodimlarning ish stajlari tiklanib berildi.

“O‘zbekiston MET” AJning Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasiga 2024-yil davomida 1072 ta xat kelib tushdi, shu jumladan: 9 ta murojaat, 207 ta maʼlumot uchun, 154 ta XDFU va boshqalar rasmiy hujjatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, javob xatlari yuborildi. Aniqrog‘i, kelib tushgan xatlarni ijrosini taʼminlash maqsadida 485 ta javob xati yuborilgan va ichki rahbariy hujjatlar chiqarilgan.

«O‘zbekiston MET” AJ markaziy apparatidagi 149 xodimning mehnatga layoqatsizlik kasallik varaqalarini umumlashtirish va tuzilgan bayonnomani Buxgalteriya hisobi va hisobotlari boshqarmasiga taqdim etildi.

«O‘zbekiston MET” AJ markaziy apparatidagi 191 xodimning mehnat taʼtiliga chiqishida, qonunchilikda belgilangan qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan buyruq tayyorlandi.

Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasiga joriy-yilning o‘tgan davri mobaynida kelib tushgan xatlar, murojaatlar va tegishli topshiriqlarni ijrosi belgilangan tartibda va muddatida taʼminlab borildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida 2022–2024-yillar uchun tarmoq kelishuvining bajarilganligi nazorat qilish va chorak yakuni bo‘yicha quyidagicha hisobot tayyorlandi:

“O‘zbekiston MET” AJning tarkibiy bo‘linmalarida jami 4 255 nafar xodim, shu jumladan 529 nafar xotin-qizlar va 872 nafar yoshlardan iborat ishchi-xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 2024-yil davomida jamiyat xodimlarini moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi ijtimoiy himoya xizmatlari qo‘rsatilgan. Jumladan:

 “O‘zbekiston MET” AJ hamda O‘zbekiston Energetiklar kasaba uyushmalari Respublika kengashi o‘rtasidagi Jamoa shartnomasiga muvofiq 2024-yilda jamiyat tomonidan 4 064 ta xodimlariga har-yillik mehnat taʼtiliga chiqishi munosabati bilan sog‘liklarini tiklash maqsadida jami 11,6 mlrd. so‘m miqdorda moddiy yordam ajratilgan.

Shuningdek, 2024-yilda jamiyatning 5 nafar og‘ir moliyaviy sharoitda bo‘lgan xodimlarga jami 13,9 mln.so‘m miqdorida moddiy yordam qo‘rsatilgan va 21 nafar xodimlarni davolanishi uchun jami 79,5 mln.so‘m miqdorda moddiy yordam to‘lab berilgan.

Aksiyadorlik jamiyatning kam taʼminlangan xodimlarining oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 3 nafar farzandlarining-yillik konktraktlariga jami 18,7 mln.so‘m taʼlim muassasalariga to‘langan.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 18 nafar mehnat faxriylariga va ularga tenglashtirilgan ishlamaydigan mehnat faxriylariga 19,3 mln.so‘m miqdorda moddiy yordam berildi.

Vafot etgan xodimlarning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafoti munosabati bilan xodimga va tizimda ishlagan nafaqadagi 94 nafar pensioner va xodimlarga jami faxriylariga 289,2 mln.so‘m miqdorda moddiy yordam qo‘rsatilgan.

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan xodimlarining nafaqaga chiqishi munosabati bilan xodim ishdan bo‘shayotganida unga bir martalik to‘lovlar uchun 26 nafar xodimga jami 228,7 mln. so‘m miqdorda moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

Yubiley yoshlarini nishonlayotgan 104 nafar xodimga 436,6 mln.so‘m miqdorda rag‘batlantirilgan.

Aksiyadorlik jamiyati mehnat faoliyatidan bola parvarishi taʼtiliga ketgan 67 nafar ayollarga farzandi 2 yoshga to‘lgunga qadar to‘lanadigan nafaqa to‘lash uchun 279,9 mln. so‘m sarflandi.

2024-yilda 28 nafar ayollarga tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyingi pullik tug‘ruq taʼtili to‘lovlari to‘landi.

2024-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasiga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar, shu bilan birga, boshqarma mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan barcha vazifa-majburiyatlar to‘liq bajarildi. Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar Aksiyadorlik jamiyati veb-saytining “Ochiq maʼlumotlar” nomli rukniga yuklab borilmoqda.

Parda Xidirov, Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati