2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
2024-yil SARHISOBI: 2024-yil so‘nggida Energetika tizimida jami qiymati 3.5 milliard dollarlik 18 ta obyekt ishga tushirildi
  • 31.01.2025
  • 17

Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasida hozirgi kunda 6 nafar ishchi xodim va bir nafar boshqarma boshlig‘i mehnat faoliyati yuritmoqda.

Boshqarmaning bugungi kundagi vazifalariga 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalar va tarmoqlarning raqamli modelini DIgSILENT PowerFactory dasturiy ta’minotida tizimdagi o‘zgarishlarni inobatga olib o‘zgartirib borish; Yangi ishga tushirilayotgan stansiyalarning tarmoqqa ulanishi yuzasidan tadqiqotlari natijalari bo‘yicha hisobotlari tekshirish va kelishish; Doimiy ravishda Aksiyadorlik jamiyai tasarrufidagi tarmoqlar va podstansiyalardagi transformatorlarning yuklanganliklarini tahlil qilish va zaruriy hollarda o‘ta yuklangan yoki o‘ta yuklanishga yaqin ishlayotgan tarmoqlar va transformatorlarni katta quvvatlisiga o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni rahbariyatga kiritish; Stansiyalarning tizimga ulanishi yuzasidan investorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va rasmiy hamda ishchi tartibdagi uchrashuvlarda ishtirok etish; Tizimda yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha dunyo tajribasini o‘rganish va tatbiq qilish yuzasidan takliflari ishlab chiqish kabi vazifalar kiradi.

O‘tgan 2024-yil so‘nggida Energetika tizimida jami qiymati 3.5 milliard dollarlik 18 ta obyekt ishga tushirildi hamda 6 ta obyektning qurilishi boshlanishiga ruxsat berildi. Jami quvvati 2663 MW bo‘lgan shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyalari hamda jami quvvati 300 MVt /600 MVt•soat bo‘lgan 2 ta energiya saqlovchi akkumulyator batareyalari tizimi ishga tushirildi.

Shuningdek, jami 3 ta 500 kV kuchlanishli va 2 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalar hamda umumiy uzunligi 290 km bo‘lgan 500 kVkuchlanishli tarmoqlar ishga tushirildi.

Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi xodimlari ushbu loyihalarni ishga tushirish muddatlariga qadar loyihani o‘z vaqtida va ishonchli ishga tushirilishini ta’minlash uchun investor kompaniyalar bilan hamkorlikda ishladilar.

O‘z o‘rnida o‘tgan yil so‘nggida ishga tushirilgan loyihalar orqali 1 yilda qo‘shimcha o‘rtacha hisobda 15 mlrd. kW·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Boburjon Murodov, Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati