⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilib, ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, podstansiyalarning estetik holati yaxshilanib, energetika obyekti atrofi, ochiq taqsimlash qurilmalari, boshqaruv-ma’muriy hamda dispetcherlik punkti va yordamchi binolarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 220 kV kuchlanishli «Sokin» podstansiyasida tashkil etilgan obodonlashtirish ishlari aks etgan. Shuningdek, podstansiyasida avtomatik o‘t o‘chirish tizimida ta’mirlash-sozlash bajarilib, energetika obyekti atrofidagi bo‘sh yer maydonlarini daraxt ko‘chatlari ekishga tayyorlash ishlari amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati