2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
2024-yil SARHISOBI: Korporativ boshqaruv prinsiplari asosida boshqarishga oid amaliyotlar hisobot-maʼlumotnomasi
  • 30.01.2025
  • 26

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ–4249-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilab o‘tilgan tartibga asosan tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ–283-son qaroriga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Yagona aksiyadori hisoblanadi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning Boshqaruv organiga:

• Iqtisodiyot va moliya vazirligi – Yagona aksiyador;

• Kuzatuv kengashi;

• Ijroiya organi kiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 74-moddasida belgilab o‘tilgan tartibga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Yagona aksiyadorining 2022-yil 4-apreldagi 23-son qarori bilan Jamiyat kuzatuv kengashi huzurida kuzatuv kengashi aʼzolaridan iborat:

• Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi;

• Audit qo‘mitasi;

• Tayinlovlar va haq to‘lash qo‘mitasi;

• Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 75-moddasida belgilab o‘tilgan tartibga muvofiq bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Yagona aksiyadori tomonidan 2024-yil 20-iyunda qabul qilingan 10-son qarori bilan Kuzatuv kengashiga ikki nafari xalqaro tajribaga ega mustaqil aʼzolar jalb etilgan.

2024-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Korporativ munosabatlar va aktivlar bo‘limiga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar, shu bilan birga, boshqarma mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan barcha vazifa-majburiyatlar to‘liq bajarildi. Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar Aksiyadorlik jamiyati veb-saytining “Aksiyadorlar uchun” nomli rukniga yuklab borilmoqda.

Yodgor Mannapov, Korporativ munosabatlar  va aktivlar bo‘limi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati