Rele himoyasi va avtomatikasi xizmati (RHAX) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatimizning Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi tarkibidagi xizmat hisoblanib, uning tarkibiy tuzilmasi 11 nafar xodimdan tashkil topgan. Shulardan 2 nafari texnik xodim va 2 nafari “ACWA Sirdarya” podstansiyasida xizmat ko‘satadi.
Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 90 ta yuqori kuchlanishli podstansiya va 12250 km dan ortiq 220–500 kV kuchlanishli magistral elektr uzatish havo tarmoqlarining (EUHT) elektr uskunalarini ishonchli ishlashini ta’minlash, favqulotda vaziyatlarda ular faoliyatini barqaror saqlab qolish, energetika tizimini barqarorligini ta’minlash maqsadida o‘tgan 2024-yil davomida Rele himoyasi va avtomatikasi xizmati (RHAX) quyidagi ishlarni bajarib, samarali mehnat faoliyati olib bordi:
2024-yil uchun Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan tasdiqlangan “Stansiya podstansiyalardagi asosiy elektr uskunalarning rele himoyasi va avtomatikasi hamda avariyaga qarshi avtomatika (RHA va AQA) qurilmalariga xizmat ko‘rsatish grafigi” asosida 1225 ta RHA va AQA qurilmalarida sinov-tekshiruv ishlari bajarildi, bajarilgan ishlar yuzasidan nazorat olib bordi va yuqori turuvchi tashkilotlarga hisobot taqdim qilib borildi.
“Magistral tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya qilish. 1-fazasi” loyihalari doirasida 22 ta podstansiyaga o‘rnatilayotgan yangi elektr uskunalarni va RHA va AQA qurilmalarini RHA masalalarini va ishga tushirish dasturlarini ko‘rib chiqdi va ushbu dastur asosida obyektlarda bajariladigan ishlarni nazorat qildi.
Davlat xususiy sherikligi va investorlar tomonidan ishga tushirilgan Bosh va Jonkeldi, Tomdi shamol elektr stansiyalari, Namangan, Ko‘kbuloq, Samarqand, Sahro quyosh fotoelektr stansiyalari hamda O‘zbekiston BESS energiya saqlash akkumlyator batareyalari tizimi obyektlarini qurish, ishga tushirish bilan bog‘liq RHA masalalari ko‘rib chiqildi.
Yil davomida elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiyalarda sodir bo‘lgan favqulotda holatlarda podstansiyalardagi rele himoyasi va avtomatikasi hamda avariyaga qarshi avtomatika qurilmalari ishlashini tahlil qilib, kamchiliklar aniqlangan taqdirda bartaraf qilindi.
Yangi loyihalar uchun investorlar tomonidan taqdim qilingan tender hujjatlari bilan tanishib chiqib, takliflar berdi, Ishchi guruhlar faoliyati hamda tenderlarda komissiya a’zosi sifatida ishtirok etdi.
“Tojikiston energetika tizimini Markaziy Osiyo energetika tizimi bilan parallel ishlashga ulash” loyihasi doirasida “Denov”, “G‘uzor”, “Surxon” podstansiyalariga yangi zamonaviy turdagi raqamli rele himoyasi va avtomatikasi hamda avariyaga qarshi avtomatika qurilmalari o‘rnatilishini hamda montaj-sozlash ishlari bajarilishini nazorat qildi, ish jarayonida yuzaga kelgan RHA va AQA masalalarini hal qildi.
Yangi ishga tushirilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan podstansiyalarning barcha loyihalari RHA va AQA qismi ko‘rib chiqib kelshildi.
Ishchi hodimlarning bilim va malakasini oshirish maqsadida nazorat-sinov imtihonlarida komissiya a’zosi sifatida qatnashildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun rele himoyasi va avtomatikasi hamda avariyaga qarshi avtomatika qurilmalarida bajariladigan zarur qo‘shimcha ishlar chora-tadbirlarini ishlab chiqildi, ortiqcha o‘chishlarni oldini olish va bu asosda ishlarni bajarilishi nazorat qilindi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida favqulotda holatlar sodir bo‘lganda zudlik bilan uning oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan berilgan topshiriq asosida navbatchilik ishlarini olib bordi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ishlar RHAX tomonidan bajarilishi orqali jamiyatimiz tasarrufidagi podstansiyalardagi har bir elektr uskunalarni, elektr uzatish tarmoqlarini favqulotda holatlarda himoya qilish, iste’molchilarni ishonchli va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, energetika tizimini barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda podstansiyalardagi asosiy elektr uskunalarning RHA va AQA qurilmalarini to‘gְ‘ri, ishonchli ishlashiga erishilganligi ma’lum qilinadi.
Yangi 2025-yilda RHAX Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi podstansiyalarning RHA va AQA qurilmalarida navbatdagi sinov-tekshiruv ishlari olib borish, davlat xususiy sherikligidagi va boshqa investitsion energetika loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha RHA va AQA loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish, yangi qurilmalarni ishga tushirish hamda energetika tizimi barqarorligini ta‘minlash uchun RHA va AQAga tegishli barcha masalalarni hal qilishni belgilab oldi.
Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi tarkibidagi situatsion tahlil boshqarmasi tomonidan 2024-yilda bajarilgan ishlari to‘g‘risida maʼlumot
Situatsion tahlil boshqarmasida boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, yetakchi mutaxassis, mutaxassis, 2 nafar bosh mutaxassis va 1 nafar texnik mehnat faoliyati yuritadi.
Situatsion tahlil boshqarmasi xodimlari tomonidan yil davomida quyidagi ishlar bajarildi:
1. Aksiyadorlik jamiyati filiallari tasarrufidagi qurilmalar, elektr uzatish tarmoqlarini taʼmirga chiqarish bo‘yicha yil davomida 8316 ta talabnomalar bilan ishlanib, tahlil qilindi.
2. Magistral elektr tarmoqlari obyektlarini muvofiqlashtirilgan ish rejimi tun-u kun nazorati amalga oshirildi.
3. “O‘zbekiston MET” АJ rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni va vazifalarni joylarga yetkazib va bajarilishi bo‘yicha maʼlumotlar olindi.
4 Magistral elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan reja asosida taʼmirlash ishlarini olib borishda Energetika vazirligi huzuridagi “Markaziy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasiga berilgan talabnomalarni amalga oshirilishida amaliy yordam berildi.
5. Magistral elektr tarmoqlari filiallari tasarrufidagi elektr qurilmalarini normal ishlashini va ishonchli sxemada turishini nazorat qilindi.
6. Magistral elektr tarmoqlari va podstantsiyalarining ish jarayoni bilan bog‘liq kunlik texnik maʼlumotlarni jamlash, qayta ishlash va tegishli shakllarda hamda tartibda “O‘zbekiston MET” АJning tegishli boshqarmalari va rahbariyatiga yetkazib berilishi taʼminlandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab noqulay ob-havo davrida (momaqaldiroq, kuchli shamol, muz qoplama va boshqalar) Magistral elektr tarmoqlari filiallari tasarrufidagi barcha qurilmalarni holatini joylardagi podstansiya navbatchilari va masʼul javobgarlar orqali nazorat qilindi.
8. Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi mavjud elektr uzatish tarmoqlari va podstantsiyalardagi transformatorlar yuklamasi bo‘yicha maksimum yuklanish vaqtida maʼlumotlar olinib, tahlil qilindi va ruxsat etilgandan yuqori yuklanganlik holatlarda meʼyorga keltirish choralari ko‘rildi, holat bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritildi.
9. Magistral elektr tarmoqlari filiallari tasarrufidagi podstansiyalar shinalaridagi kuchlanishlar qiymati tahlil qilindi va meʼyordan past yoki yuqori bo‘lgan hollarda tegishli choralar ko‘rildi.
10. Joriy yilda magistral elektr tarmoqlari va podstantsiyalarida 423 ta favqulodda avariya holatlari kuzatilib, ush bu holat yuzasi bo‘yicha “O‘zbekiston MET” АJ rahbariyatiga, tegishli boshqarmalarga va Magistral elektr tarmoqlari filiallaridagi tegishli xodimlarga xabar berildi va avariyali holatlarni bartaraf etish bo‘yicha rahbariyat topshiriqlarini joylarga yetkazildi.
11. Magistral elektr tarmoqlari filiallarida yuzaga kelgan avariyalarni tegishli boshqarma, bo‘lim va xizmatlar bilan tahlil qilindi.
12. Аvariyani oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini tegishligi bo‘yicha bajarilishi nazorat qilindi.
13. Kuz-qish mavsumlarida nazoratni kuchaytirish maqsadida Magistral elektr tarmoqlari filiallaridagi masʼul navbatchilar orqali har 2 soatda podstansiyalardagi elektr qurilmalarini holati bo‘yicha maʼlumotlar olindi.
Tizimi xizmatlari bosh boshqarmasi tarkibidagi Rele himoyasi va avtomatikasi xizmati hamda Situatsion tahlil boshqarmasi mutaxassislari magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar barqaror faoliyati uchun barcha kuch va resurslarni safarbar etgan. Xodimlar malakasini oshirish, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, raqamli dasturlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish uchun ilmiy-amaliy anjumanlarda bevosita ishtirok etib kelishmoqda.
Zafar Djurayev, Tizimi xizmatlari bosh boshqarmasi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati