2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
2024-yil SARHISOBI: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjat hamda topshiriqlari ijrosi bo‘yicha hisobot-maʼlumotnoma
  • 28.01.2025
  • 28

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2024-yilda barcha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari qatʼiy nazoratga olinib, ularning ijrosi belgilangan muddatlar ichida bajarildi.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijro holati “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari huzuridagi har kungi yig‘ilishlarda muhokama qilib borilmoqda.

“ljro.gov.uz” tizimida Aksiyadorlik jamiyatiga taalluqli har bir topshiriq ijro uchun qabul qilinib, uning yechimi atroflicha tahlil qilinmoqda, topshiriqlarni bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinmoqda. Topshiriqlarni oldindan, samarali va to‘liq bajarilishini taʼminlash maqsadida ustuvor vazifalar belgilab olingan. Nazoratdagi topshiriqlar bo‘yicha har oyda kunlik kalendar grafik hamda har bir boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘limlar kesimida “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, ijroga qaratilmoqda.

Ijro intizomi nazorati bo‘limi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi nazoratga olinib, tahlil qilingan holda maʼlumot va tahliliy jadvallar tayyorlanmoqda. Masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishi nazoratga olingan.

“ljro.gov.uz” yagona elektron tizimida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijro muddati belgilangan qonunchilik hujjatlari 109 ta (15 ta Farmon, 59 ta Qaror va 35 ta Bayonlarda) va topshiriqlari bo‘yicha 441 ta (91 ta Farmon, 256 ta Qaror va 94 ta Bayonlarda) topshiriq mavjud bo‘lib, ulardan 302 tasi bajarilgan, 139 ta topshiriq bajarilmoqda.

“ljro.gov.uz” yagona elektron tizimida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ masʼul bo‘lgan 2024-yilning yanvar-dekabr holatiga 119 ta topshiriq mavjud bo‘lib, ularning ijrosi to‘liq taʼminlanib, elektron nazorat tizimda nazoratdan yechildi.

Dilfuza Saidova, Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 http://t.me/uzmetaxborotxizmati