2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 28.01.2025
  • 40

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari aks etgan.

Misol uchun, mutaxassislar tayanch ustunlarining nosoz holga kelgan tarkibiy elementlarini, jumladan, qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalari sozligini tekshirib, metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash ishlarini davom ettirishmoqda. Shikastlangan izolyatorlar almashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yakuniga qadar 316 ta transformator, 1719 dona elektr qurilma, 6029 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini taʼmirlash bajariladi.

2025-yil yanvar oyi davomida 25 ta transformator, 58 ta elektr qurilma, 248 kilometrdan ziyod uzunlikdagi havo tarmoqlari taʼmirlandi.

Shu bilan birga, elektr uzatish tarmoqlarining 3500 kilometr qismi muhandis-texnik xodimlar tomonidan nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi. Elektr tarmoqlarining 195 kilometrdan ziyod qismi daraxt shoxlaridan tozalanib, 1100 kilometr qismi teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi. Bundan tashqari, 175 ta eski izolyatorlar yangisiga almashtirildi. Podstansiya va liniyalar elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi.

Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral liniyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish, yaʼni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati