Azimova Ragna Abdulxamitovna o‘z kasbining fidoiy va jonkuyar, mehnatsevar va bilim egasi 46-yillik samarali mehnat faoliyati hamda mamlakatimiz energetika tizimiga qo‘shgan ulkan hissasi barcha tizim xodimlari uchun o‘rnak bo‘la oladi.
Masʼuliyatli vazifasiga sidqidildan yondashadigan, avvalo kasbiy faoliyatiga mehr qo‘ya olgan va o‘z sohasining mukammal egasi hamisha davlatimiz va Jamiyatimiz ardog‘ida bo‘lib kelgan.
Ragna Abdulxamitovna 1978-yilda energetika tizimiga kirib kelib, o‘tkir zehni, jonkuyarligi va qurilish sohadagi bilim-tajribasi bilan soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Qaysi bir jabhada bo‘lmasin, korxonamiz xodimlarining mavjud muammolarini ijobiy hal etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan.
Soha bo‘ylab bosib o‘tgan yo‘llariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1978-1999-yillarda “Gidroproyekt” AJ elektrotexnik bo‘limida muhandis, “Nurek” va “Boyg‘ozi” GESlarni loyihalashda ishtirok etgan. U 1999-2019-yillarda “O‘zbekenergo” AJ “O‘zelektrtarmoq” UK kapital qurilish bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozirgi kungacha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ kapital qurilish boshqarmasida yetakchi mutaxassisi sifatida samarali mehnat faoliyat yuritdi.
2025-yil 17-yanvar kuni Ragna Abdulxamitovnani mehnat nafaqasiga chiqishi munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va hamkasblari tomonidan xayrlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ragna Abdulxamitovna kabi malakali, yetuk va har tomonlama mukammal xodimlarga har birimizning hurmatimiz cheksiz!
Yana bir bor samimiy tabriklagan holda Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilangizga baxt-saodat, tinchlik va xotirjamlik tilab qolamiz!
Hurmat bilan,
Kapital qurilish boshqarmasi jamoasi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati