2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlar davom ettirilmoqda
  • 27.01.2025
  • 52

⚡️ «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari hamda boshqa mavsumiy ishlari amalga oshirilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialining Toshkent guruhi mutaxassislari 11-sonli ruxsatnomaga asosan 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida olib borayotgan joriy taʼmirlash hamda metall konstruksiyali tayanch ustunlarining ostini mustahkamlash va korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlarini bajarishmoqda.

Bundan tashqari, cingan izolyatorlar almashtirilib, chaqmoqqaytargich trosslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati