2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toshkent shahrida joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarda tungi nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda
  • 26.01.2025
  • 26

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar, zarur ehtiyot qismlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiyalar xizmati xodimlari tomonidan 220 kV kuchlanishli podstansiyalarning elektr qurilmalari teplovizor  ko‘rigidan o‘tkazilgani aks etgan.

 

 

⇒ Qo’shimcha ma’lumot

220 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida 220/110/35 kV kuchlanishli elegazli yopiq taqsimlash qurilmasi (EYTQ / КРУЭ)

“O‘zbekiston Respublikasi magistral tarmoqlari va podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasi” doirasida 220 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida 220/110/35 kV kuchlanishli elegazli yopiq taqsimlash qurilmasi (EYTQ / КРУЭ) qurilmoqda va foydalanishga topshirilish arafasida.

❗️ Ushbu yopiq taqsimlash qurilmasi urbanizatsiya talablariga muvofiq kam yer maydoni talab qilishi, raqamli texnologiyalar orqali kamsonli personal tomonidan samarali boshqarilishi hamda ekspluatatsiya jarayoniga yuqori xavfsizlikka ega mehnat sharoiti yaratishi bilan ahamiyatlidir.

▶️  Batafsil

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati