2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «3-4 yildan buyon elektr tarmoqlarida yetishmovchilik kuzatilmoqda, 135V. Bizlarga transformator qo‘yib berishlaringizni so‘raymiz»
  • 14.01.2025
  • 64

Murojaat egasi: Amirqulov Alijon O‘rol o‘g‘li.

Elektron pochta: alijohn.amir@gmail.com

Murojaat mazmuni: Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, Xo‘jaqishloq mahallasining chekka hududida 30 xo‘jalik yashaymiz. 3-4 yildan buyon elektr tarmoqlarida yetishmovchilik kuzatilmoqda, 135V. (Elektr energiyasining kuchlanish ko‘rsatkichi belgilangan meʼyordan past — Axborot xizmati tahriri). Bizlarga transformator qo‘yib berishlaringizni so‘raymiz.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Alijon O‘rol o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, hurmatli fuqaro, Siz Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98

Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)

Tel: (998 71) 236-3822

Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba - juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta‘minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati