2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Tog‘li hududlardan o‘tgan 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 25.01.2025
  • 21

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo liniyalar xizmati xodimlari tomonidan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ida o‘tkazilgan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi aks etgan.

FacebookInstagramYouTube ‖

https://t.me/minenergy_uz/14672

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati