O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF–6099-sonli «Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida, ish soatlaridan tashiari va dam olish kunlarida, turli sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Misol uchun, bugun — 2025-yil 25-yanvar kuni poytaxtning «Samarqand darvoza» majmuasida «O’zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi ko‘magi va homiyligida bouling sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada Aksiyadorlik jamiyatining ma’muriy yonalishda mehnat faoliyati yuritayotgan ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi. Sport tadbiri g’oliblari esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
✍️ Odiljon Vohidov, Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi»
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati