⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari aks etgan.
Jumladan, mutaxassislar tayanch ustunlarining qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalari sozligini tekshirib, metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash ishlarini davom ettirishmoqda. Shikastlangan tarmoq elementlari almashtirilmoqda.
Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral liniyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish, yaʼni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati