Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida mavsumiy ishlar davom ettirilmoqda
  • 04.01.2025
  • 80

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariida nazorat ko‘rigida aniqlangan juz’iy kamchiliklarni bartaraf etish ishlari aks etgan. Jumladan, mutaxassislar qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalarning sozligini tekshirib, metall konstruksiyali tayanch ustunlarni mustahkamlash ishlarini davom ettirishmoqda. Singan izolyatorlar ham almashtirilmoqda.

Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich trosslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>