“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ–4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.
Bugungi kunda «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 90 ta podstansiya va 12 250 km dan ortiq 220–500 kV kuchlanishli magistral elektr uzatish liniyalari mavjud. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va tarkibidagi tuzilma hamda filiallarda jami bo‘lib 4300 nafardan ziyod mutaxassis-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.
1. Ichki nazorat tuzilmalari
Aksiyadorlik jamiyatida ichki nazorat tuzilmalari faoliyati “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risida”gi namunaviy nizom talablariga muvofiq tashkil etilgan.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Yagona aksiyadorining 2022-yil 4-apreldagi 23-son qarori hamda 2022-yil 06-apreldagi 82-sonli buyrug‘iga asosan, Markaziy boshqaruv apparatida 2 ta shtat birligidan iborat Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyatiga oid vazifa, funksiya, huquq va majburiyatlar Aksiyadorlik jamiyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati lavozim yo‘riqnomasi bilan belgilangan.
2. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish
Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom talablariga asosan, Aksiyadorlik jamiyati manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish hamda aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni o‘rganish yo‘nalishida ham tegishli ishlar amalga oshirilgan. Bu bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2022-yil 28-iyundagi 151-son buyrug‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom tasdiqlangan.
3. Korrupsiyaviy holat xabarlari bilan ishlash
Tashkilotdagi Ishonch telefoni (Call sentr), «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam hamda veb-saytga integratsiya qilingan “Murojaatlar”, “Onlayn maslahatchi” va “Onlayn rezyume” elektron dasturlari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar haqida kelib tushgan xabarlar bilan ishlash holati, xabarlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish borasida tegishli ishlar tashkil etilgan.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2022-yil 28-iyundagi 151-son buyrug‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimida aloqa kanallari orqali kelib tushuvchi xabarlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va ularga javob berish tartibi bo‘yicha reglament tasdiqlangan. Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan quyidagi aloqa kanallari bevosita Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi.
• Maxsus ishonch telefon raqami (+998-71-208-56-41);
• Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
• Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
• Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
• Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
• Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
• Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
• Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
• YouTube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
• VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
• Korrupsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6
• Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
• E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
• Call centre raqami: +998 (55) 500-5545
4. Maxsus xodimlarni o‘qitish
Ishchi-xodimlarining etik xulq-atvor qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish, korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun masʼul bo‘lgan xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish dasturlari tashkil etilgan.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2022-yil 28-iyundagi 151-son buyrug‘i asosida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimi xodimlari uchun xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma tasdiqlangan. Yo‘riqnomaga asosan, Aksiyadorlik jamiyati xodimlarini o‘qitish reja-jadvali mavjud. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va tizim korxonalarida hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy va maxsus malaka oshirishdan o‘tgan xodimlar ro‘yxati tasdiqlangan.
5. Kontragentlarni tekshirish
Kontragentlarni tekshirish talablariga rioya etilishi bo‘yicha: Aksiyadolik jamiyati boshqaruv raisining 2022 yil 28 iyundagi 151-son buyrug‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimida kontragentlarni tekshirish haqidagi Yo‘riqnoma tasdiqlangan.
6. Ishga qabul qilish jarayoni
Ishga qabul qilishda nomzodlar tekshiruvini o‘tkazish tartibi va muddatlariga rioya etilishi, nomzod tekshirilgani to‘g‘risidagi hisobot ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish reyestrini rasmiylashtirish bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 28-iyundagi 151-son buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va ularning filiallariga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnoma tasdiqlangan.
7. Ichki normativ hujjatlar bajarilishini monitoring va nazorat qilish
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan tartib-taomillar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan ichki normativ hujjatlar bajarilishini monitoring va nazorat qilish tartibiga rioya qilinishi hamda Korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi bo‘yicha Aksiyadolik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 28-iyundagi 151-son buyrug‘iga asosan Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti tasdiqlangan.
8. Hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibi
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat yuritishi va korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishi to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibiga rioya etilishi bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 28-iyundagi 151-son buyrug‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida hisobotlarni shakllantirish va takomillashtirish tizimini ishlab chiqish hamda taqdim etish to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan.
9. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi
Xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilovchi ichki idoraviy hujjat talablariga rioya etilishi bo‘yicha Aksiyadolik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 28-iyundagi 151-son buyrug‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xodimlarining korrupsiyaviy xatti-xarakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglamenti tasdiqlangan.
Alisher Rahmonov, Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati