Tarmoq ilmiy-texnik kengashi
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov oliy taʼlim muassasasida «mahorat darsi» o‘tib berdi
  • 11.09.2024
  • 174

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi topshirig‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakulteti faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha 2024-yil uchun mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ning 4-bandiga binoan 2024-yil davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari va soha faxriylarining professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashuvini tashkil etish rejalashtirilgan.

Topshiriq ijrosini taʼminlash hamda Tarmoq ilmiy-texnik kengashi faoliyatini rivojlantirish maqsadida bugun, 2024-yilning 11-sentabr kuni soat 11:00 dan 12:20 gacha oliy taʼlim muassasasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich tomonidan professor-o‘qituvchi, ilmiy izlanuvchilar hamda talabalar uchun «mahorat darsi» o‘tkazildi.

«Mahorat darsi»da, shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov, «Energetika muhandisligi» fakulteti dekani Javohir Toshov hamda oliy taʼlim muassassining boshqa pedagoglari, bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Islom Xamidov, Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i Davron Tadjixodjayev va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari dunyo energetikasida, jumladan Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston energetikasidagi o‘zgarishlar, mamlakatimizda olib borilayotgan energetika islohotlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish jarayoni, «yashil energiya« manbalarini elektr energetika umumtizimiga integratsiya qilishdagi muammolar, reaktiv va aktiv quvvat tushunchasi, energiya samaradorligi va tejamkorligi, investitsiya loyihalari, yosh muhandis kadrlarga yaratilayotgan sharoitlarga oid savollarga javob olishdi.

FacebookInstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>