Yoshlar siyosati
«Toshkent shahar MET» filialida «Yoshlar oyligi» tadbirlari sarhisob qilindi
  • 01.07.2024
  • 187

«Yoshlar oyligi» yakuni munosabati bilan tashkil etilgan sarhisob tadbirida «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Narjemal Xodjamkuliyeva so‘zga chiqib, «O‘zbekiston–2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘grisida PF-37-son Prezident farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan o‘tkazilgan «Yoshlar oyligi» tadbirlari sarhisobi to‘g‘risida axborot berdi.

Tadbir davomida yoshlarning mavjud muammolariga yechim topish, ularni ijobiy hal qilishga oid savol-javoblardan iborat davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi. Yosh energetiklarning sport musobaqalari hamda jamoatchilik ishlaridagi faol ishtiroki alohida e‘tirof etildi.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>