E’lonlar
EʼLON: Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar (IES, IEM, GES, QTEM) va Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari diqqatiga!
  • 16.05.2024
  • 392

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2024-yil 15-maydagi 20-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2024-yilning 1-iyun kunidan boshlab elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, yaʼni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Yangi-Angren IES” AJ, “Angren IES” AJ, “Toshkent IES” AJ, “Tolimarjon IES” AJ, “Navoiy IES” AJ, “Taxiyatosh IES” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish tariflari, hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Buxoro HETK” AJ va “Farg‘ona HETK” AJ uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qilish, shu bilan birgalikda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun elektr energiyasini transportirovka qilish (uzatish) xizmati tariflari bo‘yicha yangi ichki soha tarmoq tariflari amal qilishini maʼlum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ichki tarmoq tariflari elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy isteʼmolchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining isteʼmol tarifga taʼsir ko‘rsatmaydi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>