Mehnat faxriylari
Xalqimizda bir dono naql bor: ustoz otangday ulug‘...
  • 15.06.2020
  • 1069

  Energetika sohasida ham qariyb bir asrdirki ustoz-shogird an'analari davom etib keladi, sohadagi faxriy xodimlar doim e'zoz va e'tiborda.

  O‘zbekiston elektr energetikasi sohasida muhim loyihalarni amalga oshiruvchi «Sredazenergosetproekt» tashkilotining faxriysi Kulbatskiy Dmitriy Ivanovich  80 yoshda!

  Yetuk mutaxassis, rahbar, faxriy energetikni ko‘p sonli soha mutaxassislari, ishchi-xodimlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

 

 

  Kulbaskiy Dmitriy Ivanovich 1940-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan. 1962-yilda Toshkent politexnika institutini elektrotexnika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1962-yildan «Sredazenergosetproekt»ning O‘rta Osiyo bo‘limida muhandis, katta muhandis, loyiha bosh muhandisi, bosh mutaxassis, bo‘lim bosh muhandisining o‘rinbosari, aksiyadorlik jamiyatining direktori va «Sredazenergosetproekt» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimlarida ishlagan. 2016-yil 18-martdan buyon «Sredazenergosetproekt» bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda. O‘z faoliyati davomida u o‘zini yuqori malakali mutaxassis, puxta va bilimdon rahbar sifatida namoyon etib, o‘z mahoratini doimiy oshirib bordi. U O‘zbekiston Respublikasi energiya tizimining bir qator yirik obyektlarini loyihalashda, yangi turdagi uskunalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. «O‘zbekenergo» AJ tomonidan bir necha bor Faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. O‘zbekistonning energetika tizimidagi namunali faoliyati uchun «O‘zbekiston energetika sohasi faxriysi» deya e'tirof etilgan.

  Hurmatli Dmitriy Ivanovich, Sizning ibratli mehnat faoliyatingizdan  biz energetiklar g‘ururlanamiz!

Hurmat bilan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ jamoasi

>