Emitent hisobotlar
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi: 2022-yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha reja va amaldagi ko‘rsatkichlari tahlili
  • 06.04.2023
  • 472

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2022-yil davomida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va uning tashqarisidan qisman xarid qilingan elektr energiyasini transportirovka qilish (ekspluatatsiya, qurilish-montaj, ta'mirlash-sozlash), sotish, tranzit, eksport va import operatsiyalarini amalga oshirdi. 2022-yil eng asosiy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi tahlilini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.

      mln.so‘m

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

Biznes reja bo‘yicha

Amalda

%

1

Mahsulotlar sotishdan tushgan sof tushum

22,737,494

21,442,046

94,3

2

Sotilgan mahsulotlar tannarxi

25,991,943

25,478,796

98

3

Davr xarajatlari,

shu jumladan:

345,766

373,612

108

4

Sotish xarajatlari

 

30,244

 

5

Boshqaruv xarajatlari

 

72,371

 

6

Boshqa operatsion xarajatlar

143,982

270,997

188,2

7

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

 

210,873

 

8

Moliyaviy faoliyatning daromadlari,

 shu jumladan:

 

291,170

 

9

Dividendlar shaklidagi daromadlar

 

1,952

 

10

Foizlar shaklidagi daromadlar

 

3,583

 

11

Valyuta kursi farqidan daromadlar

 

285,635

 

12

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar

391,216

431,703

110,3

13

Foyda solig‘ini to‘langunga qadar foyda (zarar)

-3,991,429

-4,340,023

108,7

14

Hisobot davrining sof foydasi (zarari)

-3,991,429

-4,340,023

108,7

           

2022-yil moliyaviy faoliyatning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sof tushum rejaga nisbatan 5,7 foizga kam bajarilgan, sotilgan mahsulotlar tannarxi esa rejaga nisbatan 2 foizga kam xarajat qilingan. Bundan tashqari, 2022-yil davr xarajatlari 8 foizga rejaga nisbatan ko‘proq amalga oshirilgan, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari esa 210,873 million so‘mni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin.

Yakuniy moliyaviy holat esa, ya'ni 2022-yil yakunlarida jamiyat rejaga nisbatan 8,7 foizga ko‘p sof zarar ko‘rgan.

Aksiyadorlik jamiyati kelgusida moliyaiviy holatini barqaror saqlab turishi uchun mahsulot tannarxini kamaytirish va, bundan tashqari, har bir sotiladigan tayyor mahsulot birligi uchun belgilangan savdo ustamalarini ko‘tarish orqali erishish mumkin.

 

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>