
❗️ JAVOB: Hozir faqat tarmoqda nosozlik bo‘lgandagina elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo’ladi, ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilayotgan vaqtda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun. Energiya tanqisligi muammosiga esa tamomila barham berildi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining o‘rtacha 30 foizi qayta tiklanuvchi ("yashil energetika") energiya manbalaridan olinmoqda.

❗️Javob: Eng avvalo moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlardan kelib chiqib oila loyihasining hisob-kitobi (rejasi) chamalab ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘rnatuvchi (servis ko‘rsatuvchi) tadbirkorlarni to‘g‘ri tanlash va ular yordamida takliflarni o‘rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

❗️Javob: Iste’mol madaniyatiga zid bo‘lgan bu holat elektr qurilmalarining zo‘riqib ishlashi, ortiqcha yuklama oqibatida elektr uskunalarida nosozlik paydo bo‘lishiga, buning oqibatida esa nosozlik tiklangunga qadar ta‘minotdan bebahra qolishga sabab bo‘lishi mumkin.

❗️Javob: Yo‘q, aslo! Foydalanmay turgan payti o‘chirib qo‘yish kifoya...

JAVOB: Elektr energetika tizimida maʼlum sabablarga ko‘ra elektr energiyasi taqchilligi bo‘lsa (nosozliklar sabab, ishlab chiqarish jarayoniga yoqilg‘i yetmasligi sabab yoki boshqa sabablar)

JAVOB: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro! Bizning tashkilotga ishga kirishingiz uchun, avvalo, Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi kadr_nes@uzbekistonmet.uz elektron pochtasiga rezyume-maʼlumotnomangizni yuborishingiz lozim.

JAVOB: Hurmatli fuqaro, Energetika vazirligi bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

JAVOB: Tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ. Veb-sayt: https://hududgaz.uz/

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35-110-220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.