
JAVOB: Elektr energetika tizimida maʼlum sabablarga ko‘ra elektr energiyasi taqchilligi bo‘lsa (nosozliklar sabab, ishlab chiqarish jarayoniga yoqilg‘i yetmasligi sabab yoki boshqa sabablar) Milliy dispetcherlik markazi tomonidan rejimni saqlash, yaʼni avariya rejimini bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda boshqa turdosh tashkilotlar dispetcherlariga elektr taʼminotiga zarur miqdorlarda cheklovlar kiritish, yoki aksincha, generatsiya quvvatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilishi O‘zbekiston Respublikasi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonunining (Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda maʼqullangan) https://lex.uz/docs/1521177 23-moddasiga asoslanib amalga oshiriladi.
️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati