Yangiliklar
Tezkor xabar SSV: 1-apreldan ommaviy tadbirlar o'tkazishga ayrim cheklovlar o'rnatiladi

Ma'lumki, yurtimizda koronavirus bilan bog'liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgan davrda qator yo'nalishlarda karantin cheklovlari yumshatilgan edi. Biroq ayni paytga kelib, kasallikka chalinganlar sonining oshishi hisobiga aholi gavjum bo'ladigan tadbirlarni biroz cheklashni sharoit taqozo qilmoqda.

  • 24.03.2021
  • 518
Qashqadaryo viloyati iste'molchilarining elektr ta'minoti yaxshilanishi uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Ko'pchilikka ma'lumki, O'zbekistonda mavjud elektr qurilma va jihozlari Mustaqillik yillarining chorak asri davomida deyarli modernizatsiya-rekonstruksiya qilinmagani, faqat kapital va mavsumiy ta'mirlash ishlari olib borilgani, shu bois elektr energetika tarmog'ining qariyb yarmi jismonan va ma'nan eskirgani mamlakatimizning bosh minbaridan turib aytildi, tan olindi.

  • 24.03.2021
  • 2436
"Xalqning ko'ziga qarash og'ir" — Energetika vaziri o'rinbosari

"Qo'pol qilib aytganda, 1991-yildan boshlab to 2016-yilgacha SSSR davridan qolgan butun zaxirani edik. O'z vaqtida hamma podstansiyalarimiz ikki baravar quvvat bilan rejalashtirib qurilgan edi. Zaxira quvvatlarning hammasini yeb tugatdik", – dedi Sherzod Xo'jayev.

  • 22.03.2021
  • 395
Assalomu alaykum, aziz do'stlar, hurmatli hamkasblar!

Barchangizga bahor bayrami — Navro'zi olam muborak bo'lsin! Tun bilan kun tenglashadigan sharqona yangi yil — Navro'z ayyomi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, energetika sohasi vakillarini, xususan Aksiyadorlik jamiyatimizning ko'psonli ishchi-xodimlarini samimiy muborakbod etaman!

  • 21.03.2021
  • 419
O'zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga

Qadrli vatandoshlar! Hurmatli mahalla tizimi xodimlari va faollari! Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o'zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildiraman. Mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan ushbu bayram yasharish va yangilanish, mehr-oqibat ayyomi – Navro'z tantanalari davom etayotgan mana shunday shukuhli kunda o'tkazilayotganida o'ziga xos ramziy ma'no bor.

  • 21.03.2021
  • 859
Shavkat Mirziyoyev: Navro‘z ruhi va falsafasi yangi O‘zbekiston g‘oyasi bilan uyg‘un va hamohangdir

Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida 21-mart kuni Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari ko‘p millatli xalqimizni Navro‘z bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.

  • 20.03.2021
  • 567
Tojikiston hududidan o'tgan 500 kVli L-503-sonli elektr uzatish havo tarmog'idagi nosozlik bartaraf etildi. Ushbu nosozlik "halqa" tizimi tufayli ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatini uzatish jarayoniga ta'sir etmadi

Ko'p bora ta'kidlanganidek, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash murakkab texnik-muhandislik jarayoni bo'lib, bir nechta ta'sir omillari sababli ta'minot tizimida turli nosozliklar sodir bo'lishi tabiiy texnik holat hisoblanadi. Ayniqsa, iqlim sharoitining keskin o'zgarishi (kuchli shamol, yomg'ir) sababli nafaqat past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarda, balki yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida ham nosozliklar sodir bo'lishi mumkin. Bunday paytlarda nosozlikni aniqlab, bartaraf etish uchun navbatchi brigadalar safarbar etiladi.

  • 20.03.2021
  • 523
MAʼNAVIY YUKSAKLIKKA ELTUVCHI NARVON

Sir emaski, o‘zbek yozuvi yillar davomida ko‘p bor isloh qilingan. Aynan 1929-1940-yillar mobaynida lotin alifbosida bo‘lib, 1940-yildan kirill alifbosiga o‘tilgan edi. 1993-yildan yana lotin alifbosi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi joriy etildi. Ming afsuski, 1993-yildan to bugungi kunga qadar “ikki yozuv egasi” bo‘lib kelayotgan edik. Xayriyatki, joriy yil 10-fevralda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 61-sonli qarori va “Yo‘l xaritasi”da uzoq davom etgan ikkiyozuvlilikka uzil-kesil barham berish fursati qat’iy belgilandi.

  • 19.03.2021
  • 813
Zamonaviy yechimlar. "Taxiatosh" IES qanday modernizatsiya qilindi

Yangi modernizatsiya qilingan, umumiy qiymati sal kam 700 million AQSh dollari bo'lgan "Taxiatosh" IES Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati iste'molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiya bilan ta'minlaydi.

  • 19.03.2021
  • 691
ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI: 85 foiz tarkibidagi 85 ming mashaqqat haqida...

Bugun, 17-mart kuni "Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi" AJda OAV vakillari uchun seminar-trening bo'lib o'tdi. Aniqrog'i, "Taxiatosh IES" AJda mahalliy hamda xorijiy OAV vakillari, jurnalist va Blogerlar uchun "Elektr energetika sohasini OAVda yoritishning samarali mexanizmlari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchi ham ishtirok etmoqda.

  • 17.03.2021
  • 2444
Energetika vaziri o'rinbosari Sherzod Xodjaev O'zbekistonning tashqi qarzlari bilan bog'liq vaziyat haqida:

"Biz davlatning umumiy siyosati — ya'ni tashqi qarz olishni kamaytirish tendensiyasiga qat'iy rioya qilgan holda uzog'i bilan ikki yildan keyin biz bu amaliyotdan voz kechamiz", — dedi vazir o'rinbosari.

  • 17.03.2021
  • 486
"Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi" AJda OAV vakillari uchun seminar-trening bo'lib o'tmoqda

"Taxiatosh IES" AJda mahalliy hamda xorijiy OAV vakillari, jurnalist va Blogerlar uchun "Elektr energetika sohasini OAVda yoritishning samarali mexanizmlari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisining matbuot kotibi ham ishtirok etmoqda.

  • 17.03.2021
  • 490
Magistral elektr tarmoqlari filiallari muhandis-texnik xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 17-mart kuni "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov va Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Sankt-Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori, professor A.N.Nazarichyov o'rtasida magistral elektr tarmoqlari filiallari muhandis-texnik xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

  • 17.03.2021
  • 480
2021-yilda Tojikiston bilan uzilgan 64 km elektr liniya qayta tiklanadi, loyiha qiymati 14,7 mln dollar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda respublika suv ta'minoti, elektr energiyasi yetkazib berish sohalarida joriy yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

  • 17.03.2021
  • 592
“Davlat tashqi qarzi: qarz mablag‘larini sarflash yo‘nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida ochiq muloqot

Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan tashkil etilgan “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag‘larini sarflash yo‘nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

  • 16.03.2021
  • 561
"O'zbekiston MET" AJda Peterburg energetika malaka oshirish instituti bilan uch bosqichli yo'nalishda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi

Avval xabar berganimizdek, kecha, 15-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori, professor Aleksandr Nikolayevich Nazarichyov "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ bilan malaka oshirish ishlari bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash maqsadida Toshkentga kelgan edi.

  • 16.03.2021
  • 580
Bugun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiyaning TEPSCO kompaniyasi vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

Bugun, 2021-yil 16-mart kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishtirokida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — JICA hamda Yaponiyaning TEPSCO kompaniyasi vakillari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

  • 16.03.2021
  • 512
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDA TAQDIMOT: joriy yilda elektr energetikasi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar

Ma'lumki, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasiga bo'lgan talabi yildan-yilga ortib bormoqda. Buni ta'minlash maqsadida eskirgan podstansiyalar va uzatish tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilab kelinmoqda.

  • 16.03.2021
  • 494
Energetika vazirligida tayinlov amalga oshirildi

Isaqulov Sardor Dadajonovich O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Markaziy dispetcherlik boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

  • 16.03.2021
  • 568
Qashqadaryo viloyati hamda elektr energiyasi tarmog‘ida amalga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda elektr energiyasi tarmog‘ida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Qashqadaryo viloyatida hamma tarmoqlar bo‘yicha salohiyat yuqori. Sanoat uchun zarur xomashyo resurslari, xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilma, qishloq xo‘jaligi uchun yer-suv va tajriba bor. Shulardan kelib chiqib, to‘qimachilik, qurilish materiallari, kimyo va oziq-ovqat sanoati, turizm, uzumchilik, bog‘dorchilik va chorvachilik asosiy “o‘sish nuqtalari” sifatida belgilab olingan.

  • 15.03.2021
  • 493
>