2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
E’lonlar
"Namangan 500 kV podstansiya qurilishi" investitsion loyihasi doirasida Ekologik va ijtimoiy hisobotlar tayyorlandi
  • 25.11.2026
  • 70

✅ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorligida amalga oshirilayotgan 500 kV kuchlanishli “Namangan” podstansiyasini qurish loyihasi doirasida ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish hamda ijtimoiy-himoya choralarini ko‘rish rejasi ishlab chiqildi.

► “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgi investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 31-yanvardagi 53-son qaroriga muvofiq Farg‘ona vodiysi energetika tizimining barqarorligi va boshqaruvchanligini oshirish, shuningdek, mintaqalararo energetik bog‘liqlikni mustahkamlash hamda magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida “500 kV kuchlanishli “Namangan” podstansiyasini qurish” investitsion amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish hamda ijtimoiy-himoya choralarini ko‘rish rejasi ishlab chiqildi va o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

 

Loyiha haqida qisqacha ma’lumot:

 

Mazkur loyiha Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joylashgan 500/220/110/10 kV kuchlanishli yangi “Namangan” podstansiyasini qurish hamda Farg‘ona vodiysi energetika tizimining barqarorligi va boshqaruvchanligini oshirish, shuningdek, mintaqalararo energetik bog‘liqlikni mustahkamlash hamda magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi.

 

✍️ Azizbek Botirov,

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Ekologiya, ijtimoiy va yer munosabatlari masalalari bo‘limi boshlig‘i.