2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning kredit reytingi Fitç Ratings tomonidan “BB” darajasida tasdiqlandi, reyting böyiça prognoz — “Positive”
  • 20.11.2026
  • 79

Xalqaro reyting agentligi Fitç Ratings 2026-yil 12-noyabrda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatining kredit reytingini “BB” darajasida, reyting böyiça prognozni esa “Positive” (ijobiy) darajasida baholadi.

Fitç Ratings baholaşiga köra, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatining kredit reytingi Özbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bilan tenglaştirilgan bölib, bu kompaniyaning davlat bilan mustahkam aloqalari, strategik ahamiyati va davlat tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlanişi bilan izohlanadi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, 2025-yil uçun töliq va 2026-yilning birinçi yarmi holatiga Kompaniya qarzlarining 90 foizdan ortiq qismi davlat kafolatlari bilan ta’minlangan yoki davlat tomonidan bevosita moliyalaştirilgan. Fitç Ratings mazkur körsatkiç 2026–2028-yillarda ham 75 foizdan yuqori darajada saqlanib qolişini prognoz qilmoqda.

Kompaniyaning strategik ahamiyati va tarmoqdagi örni

Fitç Ratings Kompaniyaning kredit profilini baholaşda Özbekiston elektr energiyasini uzatiş tizimidagi tabiiy monopol mavqei, mamlakat energetika infratuzilmasining muhim böğini sifatidagi roli, elektr energiyasi uzatiş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va kengaytiriş böyiça investitsiya dasturlarini asosiy ijobiy omillar sifatida qayd etgan.

Şuningdek, elektr energiyasini xarid qiliş va sotiş bilan boğliq faoliyatning bosqiçma-bosqiç ajratilişi hamda 2024-yilda yagona xaridor tizimining joriy etilişi Kompaniyaning operatsion faoliyatidagi moliyaviy özgaruvçanlikni kamaytiriş va rentabelligini yaxşilaşga xizmat qilgan.

Tarif siyosati va tartibga soliş tizimidagi islohotlar

Fitç Ratings elektr energiyasini uzatiş xizmatlari tariflarini bosqiçma-bosqiç oşiriş va tartibga solişning yangi mexanizmlarini joriy etişni Kompaniyaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlaşda muhim omil sifatida baholaydi.

2025–2026-yillarda amalga oşirilgan tarif özgarişlari natijasida 2026-yil avgust oyida elektr energiyasini uzatiş tarifi 2024-yilga nisbatan ikki barobarga oşgan. 2027-yildan boşlab aktivlar bazasi (Regulatory Asset Base — RAB) asosida tariflarni şakllantiriş tizimiga töliq ötiş hamda tariflarni-yillik taxminan 5 foiz darajasida indeksatsiya qiliş kutilmoqda.

Agentlikning ta’kidlaşiça, rağbatlantiruvçi tartibga soliş mexanizmlarining joriy etilişi investitsiyalarni qöllab-quvvatlaş, tarmoq infratuzilmasini rivojlantiriş va Kompaniyaning moliyaviy körsatkiçlarini yaxşilaş uçun muhim zamin yaratadi.

Investitsiya dasturi va moliyaviy körsatkiçlar prognozlari

Kompaniyaning elektr uzatiş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, yangi generatsiya quvvatlarini tarmoqqa integratsiyalaş, infratuzilma işonçliligini oşiriş va raqamlaştirişga qaratilgan investitsiya dasturi Fitç Ratings baholaşida muhim örin egallaydi.

Kompaniyaning 2026–2030-yillarga möljallangan biznes-rejasi doirasida investitsiya xarajatlari taxminan 1,5 mlrd AQŞ dollarini taşkil etişi kutilmoqda. Uşbu investitsiyalarning asosiy qismi xalqaro moliya institutlari mablağlari, davlat-xususiy şeriklik loyihalari va Kompaniyaning öz mablağlari hisobidan moliyalaştirilişi rejalaştirilgan.

Fitç Ratings prognozlariga köra, Kompaniyaning EBITDA körsatkiçi 2026-yilda 2,6 trln sömga, 2027-yilda 3,2 trln sömga va 2028-yilda 3,5 trln sömgaça ösişi kutilmoqda.

Şu bilan birga, operatsion faoliyatdan olinadigan mablağlar (Funds from Operations — FFO) 2026-yilda taxminan 2,0 trln söm, 2027-yilda 2,5 trln söm va 2028-yilda 2,7 trln sömni taşkil etişi prognoz qilingan.

Kompaniyaning FFO böyiça qarz yuki körsatkiçi 2025-yilda 6,7x darajasida bölgan bölsa, 2026–2028-yillarda uşbu körsatkiçning örtaça 4,0x atrofida şakllanişi kutilmoqda. FFO va foiz tölovlarini qoplaş körsatkiçi esa 2025-yildagi 3,7x darajasidan 2026-yilda 5,5x, 2027-yilda 6,2x va 2028-yilda 6,1x darajasigaça yaxşilanişi prognoz qilingan.

Davlat kömagi va kredit reytingining istiqbollari

Fitç Ratings Kompaniyaning mamlakat elektr energetika tizimidagi strategik ahamiyati, davlat tomonidan investitsiya dasturlarining qöllab-quvvatlanişi, qarz majburiyatlarining asosiy qismi davlat kafolatlari bilan ta’minlanganligi hamda davlatning Kompaniya faoliyati ustidan nazorat va strategik qarorlar qabul qilişdagi iştiroki kredit reytingini baholaşda muhim omillar ekanini qayd etgan.

Şu bilan birga, agentlik Kompaniyaning mustaqil kredit profilini (Standalone Credit Profile — SCP) “b” darajasida baholagan. Uşbu baholaş elektr energiyasini uzatiş tarmoğidagi monopol mavqe, energetika sohasidagi islohotlar va moliyaviy körsatkiçlarning yaxşilanişi bilan bir qatorda, tartibga soliş tizimining hali şakllaniş bosqiçida ekani, kontragentlar bilan boğliq risklar va yuqori investitsiya ehtiyojlarini ham hisobga olgan.

Fitç Ratings tomonidan “Positive” prognozning belgilanişi Kompaniyaning moliyaviy va operatsion körsatkiçlari, energetika sohasidagi islohotlar hamda davlat bilan mustahkam aloqalarning saqlanib qolişiga nisbatan ijobiy kutilmalarni aks ettiradi.

Mazkur kredit reytingi “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini kengaytiriş, investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş imkoniyatlarini mustahkamlaş va xalqaro moliya bozorlarida Kompaniyaning kreditosposobligini baholaşda muhim körsatkiçlardan biri hisoblanadi.

Iqtisodiyot va rejalaştiriş boşqarmasi, Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritiş bölimi

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati