2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Farğonada 500 MVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasini barpo etiş böyiça qöşma kelişuv imzolandi
  • 17.11.2026
  • 22

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said tomonidan ikki mamlakat örtasida investitsiyaviy va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga qaratilayotgan e’tibor doirasida energetika sohasida yana bir muhim kelişuvga erişildi.
 
Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ömon Sultonligining “Voltamp Energy SAOG” kompaniyasi hamda mahalliy “UET Construction” kompaniyasi örtasida Farğona viloyatida 500 MVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasini barpo etiş loyihasini birgalikda rivojlantiriş töğrisidagi kelişuv (JDA) imzolandi.
 
Mazkur kelişuv loyihani hamkorlikda işlab çiqiş va uni amalga oşirişga tayyorgarlik körişni nazarda tutadi. Loyiha doirasida 350 mln AQŞ dollari miqdorida töğridan-töğri investitsiya jalb etiş rejalaştirilgan.
 
Stansiya işga tuşirilgaç, yiliga 1 mlrd kVt·soat “yaşil” energiya işlab çiqariş va 250 mln kub metr tabiiy gazni tejaş imkoniyati yaratiladi.
 
Ayni paytda “Voltamp Energy SAOG” kompaniyasi mutaxassislari loyiha uçun möljallangan hududni örganib, moliyaviy modelini işlab çiqmoqda. Uşbu işlarni qisqa muddatda yakunlab, tijoriy taklif taqdim etiş rejalaştirilgan.
 
Şuningdek, “Voltamp” kompaniyasining “Texnokabel Group” bilan hamkorlikda transformatorlar uçun maxsus ötkazgiçlar işlab çiqarişni yölga qöyiş, “Nura Group” bilan esa Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida yuqori kuçlanişli transformatorlar işlab çiqaruvçi yangi zavod quriş böyiça ham kelişuvlarga erişildi.
 
Uşbu loyihalar mamlakatimizda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş, elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş hamda yangi iş örinlari yaratişga xizmat qiladi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/21742

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati