Yangiliklar
Bugun 500 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • 05.05.2021
  • 882

  Bugun, 5-may kuni “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 500 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Boshqa filial va podstansiyalar uchun namunaviy tadbir sifatida o‘tkazilgan ushbu amaliy mashg‘ulot mashqlari «O‘zbekiston MET» AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati mutasaddi xodimlari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining topshirig‘iga binoan amalga oshirildi.

 

  Yodingizda bo‘lsa, bundan oldin xuddi shunday toifalangan ob'ekt — «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 500 kVli “Qorako‘l” podstansiyasida harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Bu haqda «O‘zbekiston–24» telekanalining “Yangiliklar-24” dasturida maxsus lavha efirga uzatilib, yuqori kuchlanishli podstansiyalarda hayot va yong‘in xavfsizligi masalalari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishi haqida o‘z mulohazalarimizni bayon qilgandik.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5568

                 https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5458

                 https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5425

  Toshkent viloyatida o‘tkazilgan bu safargi tadbir yuqori kuchlanishli podstansiyalarda xizmat vazifasini olib boruvchi texnik-muhandislarning favqulodda holatlarda, aniqrog‘i avariyaviy o‘chishlar sodir bo‘lganda nosozliklarni bartaraf etish tartibi, bu haqda tegishli tartibda dispetcherlik markazi va muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarga xabar berish, podstansiya yoki elektr tarmoqlarida avariyaviy vaziyatlar yuz berganda qaydnomalar daftariga har bir holatni qayd etib borish, nosozlikni bartaraf etishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish, favqulodda holatlarda tezkorlik bilan to‘g‘ri yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan tayyorgarliklari o‘rganildi.

 

  Avariyaga qarshi mashg‘ulotlari quyidagi tartibda amaga oshirildi: 500 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasidagi avariyaga qarshi mashg‘ulotlarga podstansiya boshlig‘i rahbarlik qildi. Mashg‘ulot o‘tkazish talabiga binoan (rejaga muvofiq) dastlab podstansiya boshlig‘i tomonidan avariyaviy o‘chish turi va uning oqibatlari (avariyaviy o‘chish mavzusi va turi) e'lon qilindi. Navbatchi texnik-muhandislar tomonidan podstansiya dispetcheriga, undan so‘ng Milliy dispetcherlik markaziga sodir bo‘lgan avariyaviy holat haqida qisqacha (o‘chish vaqti, hajmi va taxminiy sababi) ma'lumot berildi ham ular tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarga asosan mashg‘ulot davom ettirildi. So‘ng muhandislar podstansiya hududida sahnalashtirilgan holatda nosozlikni bartaraf etishdi. Bartaraf etilgan nosozlik va uni keltirib chiqargan sabab haqida dispetcherga axborot berib borildi. Dispetcher nosozlik bartaraf etilgani va elektr jihoz hamda uskunalari umumtarmoqqa ulanishga tayyorligini Milliy dispetcherlik markaziga ma'lum qildi.

 

  Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta'kidlash lozimki, yuqori kuchlanishli podstansiyalarda avariyaviy o‘chishlar sodir bo‘lganda, bu holatni iste'molchilar kamdan-kam holatda sezadilar. Negaki, yuqori kuchlanishli tarmoqlarda nosozlik aniqlanganda, ma'lum bir nosoz tarmoq yuklamasini uning zahira tarmog‘i o‘z zimmasiga olib, nosozlik bartaraf etilgunga qadar qo‘shimcha yuklama bilan ishlab turadi. Ammo jiddiy nosozliklar bartaraf etilishi uchun ma'lum bir vaqt talab etiladi.

 

 

  Surxondaryo viloyatidagi “Surxon” podstansiyasini “G‘uzor” podstansiyasi bilan bog‘lovchi 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/921

  Milliy dispetcherlik markazi tomonidan berilgan ko‘rsatmaga muvofiq amaliy mashg‘ulot davomida tarmoqqa ulanishga ruxsat berildi. Qaydnoma daftariga barcha zarur qaydlar bitildi.

  Mashg‘ulot tugaganidan so‘ng avariyaviy o‘chishga ta'sir qilgan omil mutaxassislar tomonidan muhokama etilib, o‘chish takroran sodir bo‘lmasligi uchun barcha zarur choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

  Mashg‘ulot yakunlanganidan so‘ng «O‘zbekiston MET» AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i Zoir Ataev avariyaga qarshi mashg‘ulot davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar qatorida to‘g‘ri bajarilgan amaliyotlarni ham birma-bir sanab bergan holda tahlil qildi. So‘ngra podstansiya texnik-muhandislarining asbob-uskunalari ko‘rikdan o‘tkazilib, avariyaviy o‘chish sodir bo‘lganda xavfsizlik texnikasi talablarining qay biri amalga oshirilmay qolganda qanday ko‘ngilsizliklar ro‘y berishi mumkinligi tushuntirildi. Avariyaga qarshi mashg‘ulotlar darajasi baholanib, dalolatnoma imzolandi.

 

  Eslatib  o‘tamiz: ertaga, 2021-yil 6-may kuni «O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi ishtirokida barcha yuqori kuchlanishli podstansiyalarda avariyaviy o‘chishlarni bartaraf etish bo‘yicha tasdiqlangan dastur asosida avariyaga qarshi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.

  Qo‘shimcha ma'lumotlar:

  «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filialida seminar, 500 kVli «Qorako‘l» podstansiyasida namunaviy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

   http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/633

  ELEKTR TA'MINOTIDAGI UZILIShLAR: ODDIY NOSOZLIKDAN OG‘IR OQIBATLI FOJIALARGACHA

   http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/698

  JAMIYAT TARKIBIDAGI PODSTANSIYALARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TALABLARIGA RIOYA ETILISHI SEMINAR-TRENINGLAR, KO‘RIK TANLOV MAShG‘ULOTLARI ORQALI ANIQLANMOQDA

   http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/618

  «NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: TARAQQIYOTNI ENERGIYA RESURSLARISIZ TASAVVUR ETISH MUMKIN EMAS

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/467

  MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: ENERGETIKA SOHASIDA KADRLAR TAYYERLASH, ISHCHI-XODIMLARNING XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA BILIM VA KO‘NIKMALARINI OSHIRISH MASALASI

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/353

  XAVFSIZLIK TEXNIKASI MASALASIGA BEPARVOLIK, LOQAYDLIK VA E'TIBORSIZLIK — ENERGETIKLARNING BIRINChI RAQAMLI DUSHMANI

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/349

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>