Yangiliklar
Jamiyat tarkibidagi podstansiyalarda yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etilishi seminar-treninglar, ko'rik tanlov mashg'ulotlari orqali aniqlanmoqda
  • 16.12.2020
  • 1361

   "O'zbekiston MET" AJ mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati hisoboti

   Xabaringiz bor, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tarkibida 78 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar mavjud. O'z-o'zidan ma'lumki, elektr energetika tarmog'ining barcha qurilma va jihozlari kun davomida 24 soat, yil davomida 12 oy — qahraton qish va jazirama yoz sharoitlarida ham kecha-yu kunduz barqaror faoliyat ko'rsatishi lozim. Demak, 220-500 kVli podstansiyalarda xizmat ko'rsatuvchi mutaxassis-xodimlar turli texnik-muhandislik holatlariga tayyor bo'lishi talab etiladi. Bunday holatlar esa aynan kuz-qish mavsumida ko'proq, iste'molning keskin oshishi natijasida kuzatilishi tabiiy hol.

 

   Shu o'rinda yana bir jihatni alohida aytish lozimki, elektr tarmoqlarida mavsumiy tayyorgarliklar mavsumga qadar ikki-uch oy oldin boshlanganidek turli ko'rik va tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish bo'yicha topshiriqlar ham belgilangan muddatdan oldinroq e'lon qilinib, mavjud tartib-qoidalarga ko'ra tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

 

   Masalan, "O'zbekiston MET" AJ tarkibidagi korxonalar ob'ektlarida "Yong'in xavfsizligi qoidalari" talablariga rioya etilishi, elektr uskunalarini qishki mavsumda yong'inga xavfsiz ishlashga tayyorlash, yong'in-texnik komissiyalari, ko'ngilli o't o'chirish drujinalari faoliyatini faollashtirish, Davlat yong'in nazorati organlari ko'rsatmalarini bajarish, yong'inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish maqsadida Jamiyat boshqaruvi raisining buyrug'i 2020-yil 30-mart sanasida e'lon qilingan edi.

 

   Jumladan, 105/21-2020-sonli buyruq tarkibida shunday topshiriqlar mavjud:

   1. "O'zbekiston MET" AJ barcha korxonalarida 2020-yil 16-noyabrdan 16-dekabrgacha yong'in xavfsizligi ko'rik oyligi tashkil etilsin va o'tkazilsin.

 

2. Yong'in xavfsizligi oyligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida o'tkazilishi belgilangan ko'rikning maqsadi va asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

  •  Yong'in xavfi bo'lgan kuz-qish mavsumida yong'inlarning oldini olish va yong'in xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish;
  •  Xodimlar tomonidan yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, hatto yong'inga olib kelmagan qoidabuzarliklarga nisbatan qat'iy choralar ko'rish.
 

3. Yong'in xavfsizligi oyligi hamda ko'rik oyligiga tayyorgarlik ko'rish, o'tkazish natijalarini umumlashtirish uchun "O'zbekiston MET" AJ tarkibidagi filial, boshqarma va bo'limlardan yetuk mutaxassislarni jalb etgan holda Markaziy komissiya tarkibi tuzilsin.

 
 
  • Ishlab chiqarish xodimlari orasidan malakali ishchilar komissiya hamkorligida ish joylarida yong'in xavfsizligi qoidalari talablarining bajarilishini tekshirishga safarbar etildi;
 
  • Filiallar hamda filiallar tarkibidagi podstansiyalarda yong'in xavfsizligi qoidalari talablarini o'rganish bo'yicha "Yong'in sodir bo'lganda xodimlarning harakati" mavzusida seminarlar va mashg'ulotlar tashkil etildi;
 
  • Ko'rik mashg'ulotlari O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong'in xavfsizligi xodimlari ishtirokida o'tkazilishi ta'minlandi;
 
  • Ko'rik davomida tashkil etilgan seminarlar, O'zbekiston Respublikasi FVV yong'in xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda o'tkazilgan mashg'ulotlar jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritilmoqda.
 
  • Ko'rik doirasida o'tkazilgan seminar va mashg'ulotlar foto, videotasmaga tushirilib, disklar va Fotoalbomlar shaklida komissiyaga taqdim etilmoqda.
 

    Eslatib o'tamiz, Ko'rik yakunlari bo'yicha g'olib jamoalar quyidagi rag'batlantiruvchi mukofotlar hamda turli esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi:

 

     

 
 

   Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>