Yangiliklar
MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: ENERGETIKA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH, ISHCHI-XODIMLARNING XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA BILIM VA KO‘NIKMALARINI OSHIRISH MASALASI
  • 21.05.2020
  • 936

  2020-yil 20-may kuni MDH davlatlari Energetika Kengashining navbatdagi yig‘ilishi onlayn shaklda o‘tkazildi. Yig‘ilishning bu safarga mavzusi — Elektr energetika sohasida kadrlar tayyorlash, ishchi-xodimlarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish ishlariga bag‘ishlandi.

  Ishchi konferensiyani MDH davlatlari Energetika Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi I.A.Kuzko ochib bergach, ma'ruzachilar o‘z chiqishlarida kun tartibidagi masalaning mohiyati va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

  8 ga yaqin mamlakatdan 20 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etgan ushbu onlayn videokonferensiyada «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati nomidan Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i Zoir Atayev ishtirok etdi.

  Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 15-may kuni MDH mamlakatlari energetiklarining videomuloqot shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishi energetika sohasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salmog‘i, muqobil energiya yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash mavzusida bo‘lib o‘tgan edi.

Batafsil: uzbekistonmet.uz/oz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>