Barchamizga ma'lumki, O‘zbekistonning yuqori kuchlanishli havo liniyalari qo‘shni mamlakatlarning magistral elektr tarmoqlari bilan barqarorlikda ishlaydi va qo‘shni mamlakatlar dispetcherlik xizmatlari o‘zaro muvofiqlashuv asosida mintaqaning energiya xavfsizligini ta'minlaydi.
Elektr energiya umumtizimidagi mavjud muammo va istiqboldagi rejalar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari energetiklari tomonidan tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi Kengash yig‘ilishlarida muhokama etiladi.
Misol uchun, 2019-yilning 10–11-oktabr kunlari Toshkent — «O‘zbekiston milliy tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy Osiyo davlatlari hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi energetiklari ishtirok etgan Kengashning rasmiy mezboni bo‘lgan edi.
Batafsil: uzbekistonmet.uz/oz/
Батафсил: uzbekistonmet.uz/uz/
Подробно: uzbekistonmet.uz/ru/
Bugun, 2020-yil 15-may kuni Toshkent vaqti bilan 12:00 da MDH davlatlari Energetika Kengashining navbatdagi yig‘ilishi masofadan turib, onlayn-konferensiya tarzida o‘tkazildi.
MDH davlatlari Energetika Kengashining ishchi konferensiyasida ma'ruzachilar: A.S Raximov — Ijroiya Qo‘mitasining Ekologiya, energiya samaradorligi va tejamkorligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari masalalari bo‘yicha boshqarmasi direktori, N.A.Petrova — MDH davlatlari Energetika Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, M.I.Saparov — Ishchi guruh rahbari o‘z chiqishlarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, ekologik inqiroz, bunda tabiiy yoqilg‘i evaziga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning o‘rni, mintaqada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (QTEM) ahamiyati va ularning salmog‘i oshib borishi uchun amalga oshirish lozim bo‘lgan choralar, jumladan, muqobil energiya turlari («yashil energiya») bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash va mavjud kadrlarning malakasini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining O‘zbekiston elektr energiyasi umumtizimidagi salmog‘i va istiqboldagi rejalari haqida batafsil ma'lumotlar:
Batafsil: uzbekistonmet.uz/oz/
Батафсил: uzbekistonmet.uz/uz/
Подробно: uzbekistonmet.uz/ru/
Eslatib o‘tamiz, 10 ga yaqin mamlakatdan 30 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etgan ushbu onlayn videokonferensiyada «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati nomidan: Tizim xizmatlari bosh boshqarma boshlig‘i (Markaziy dispetcherlik markazi) A.Mirzayev, Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Begaliyev, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i I.Xamidov va Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i — qayta tiklanuvchi energiya manbalari masalalari bo‘yicha mutaxassis Z.Djurayevlar ishtirok etishdi.
MDH davlatlari Energetika Kengashining videomuloqot tarzida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida muhokama etilgan mavzular bo‘yicha qarorlar qabul qilinib, mintaqada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliyotlar belgilab olindi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati