2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toşkentning elektr ta’minoti va ekologik barqarorligi uçun muhim qadam: 500 kVli “Halqa” podstantsiyasiga kuçlaniş berildi
  • 07.11.2026
  • 41

Bugun, 7-noyabr kuni yurtimiz energetika tizimidagi yirik infratuzilmaviy loyihalardan biri — yangi 500 kVli “Halqa” podstantsiyasiga kuçlaniş berildi.

Özbekistondagi eng yirik va zamonaviy yuqori kuçlanişli obyektlardan biri bölgan mazkur podstansiya 1602 MVA quvvatga ega. Uning işga tuşirilişi Toşkent şahri va Toşkent viloyatining bir qismida elektr energiyasi ta’minotini yanada mustahkamlaş, şuningdek, mavjud elektr tarmoqlariga tuşayotgan yuklamani maqbul taqsimlaş imkonini beradi.

Eng muhimi, yangi podstansiyaning işga tuşirilişi natijasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi. Natijada Toşkent issiqlik elektr stansiyasiga tuşadigan yuklama kamayib, stansiyada mazut yoqilğisidan foydalanişga ehtiyoj qolmaydi.

Demak, “Halqa” podstantsiyasining ahamiyati faqat elektr ta’minoti işonçliligini oşiriş bilan çeklanmaydi. U poytaxt va unga tutaş hududlarda ekologik vaziyatni yaxşilaş, atmosferaga çiqariladigan ifloslantiruvçi moddalarni kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirişda ham muhim örin tutadi.

Umumiy qiymati 171,4 mln AQŞ dollarini taşkil etgan mazkur investitsiya loyihasi Jahon banki iştirokida amalga oşirildi. Loyiha doirasida 1602 MVA quvvatli “Halqa” podstantsiyasi bilan birga 220 kVli 213 kilometr va 500 kVli 72 kilometr, jami 285 kilometr yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari barpo etildi.

Uşbu infratuzilma mamlakat yagona energetika tizimining uzatiş imkoniyatlarini kengaytiriş, elektr energiyasi oqimlarini samarali taqsimlaş va ortib borayotgan iste’mol talabini işonçli qondiriş uçun mustahkam asos bölib xizmat qiladi.

Ayni paytda yangi obyektlarni yagona energetika tizimiga töliq integratsiya qiliş böyiça yakuniy işlar davom etmoqda. 

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati