2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: “Vistavochnaya” podstansiyasidagi elektr qurilmalariga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi
  • 26.10.2026
  • 19

EʼLON

Birlamchi maʼlumotga ko‘ra, bugun, 2026-yil 26-oktabr kuni soat 04:26 da Toshkent shahrida joylashgan “Vistavochnaya” podstansiyasidagi 10 va 6 kV kuchlanishli elektr qurilmalari himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chib, kuchlanishsiz qolgan.

Natijada ushbu energetika obyekti orqali taʼminlangan Olmazor tumanining ayrim mahallalari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda mutaxassislar nosozlikni bartaraf etib, isteʼmolchilar elektr taʼminotini tiklash choralarini ko‘rishmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 05:20 da 10 kV elektr qurilmasiga kuchlanish berilib, nosozlik tufayli o‘chgan isteʼmolchilar aksariyatining elektr taʼminoti tiklandi.

6 kV kuchlanishli elektr qurilmasida taʼmirlash-sozlash ishlari davom ettirilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilar uzr so‘raymiz.

Live

 

MAʼLUMOT

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan elektr qurilmalari taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilar uzr so‘raymiz.

Energetika obyektidagi 6 kV qurilmaga ham kuchlanish berildi.

Ayni paytda taqsimlovchi tarmoqlarga (fiderlarga) navbatma-navbat kuchlanish berilib, istemolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklanmoqda.


Eslatib o‘tamiz, nosozlik tufayli elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilgan isteʼmolchilarning aksariyat qismiga soat 05:20 da kuchlanish berilgan edi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilar uzr so‘raymiz.

Soat 07:01 da " Vistavochnaya" podstansiyasi orqali taʼminlangan barcha isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilar uzr so‘raymiz.

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦
AXBOROT XIZMATI