

Energetika vaziri Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida 220/110/35/6 kV kuçlanişli “Qarşi” podstantsiyasida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari bilan tanişdi.
Viloyat elektr ta’minotida muhim örin tutadigan uşbu podstansiya orqali Qarşi şahri hamda Kasbi, Mirişkor, Koson, Nişon va Qarşi tumanlaridagi 600 mingdan ortiq aholi, ijtimoiy soha obyektlari, 10 dan ziyod yirik korxona va 9 mingdan ortiq kiçik va örta biznes subyektlari elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Taşrifdan közlangan asosiy maqsad podstantsiyaning mavsumga tayyorligini, elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlaş böyiça körilgan çoralarni, mavjud zaxiralar, texnika va uskunalar holatini, şuningdek, xodimlarning tayyorgarligini örganişdan iborat böldi. Podstantsiyaning işonçli faoliyatini ta’minlaş uçun amalga oşirilgan işlar va oldinda turgan vazifalar körib çiqildi.
Podstantsiyaning öz ehtiyojlari uçun sarflanadigan elektr energiyasini tejaş maqsadida bu yerda 30 kVt quvvatli quyoş panellari ham örnatilgan.
Şuningdek, “Qaşqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan viloyatda amalga oşirilgan işlar haqida ma’lumot berildi. Joriy yilda rejaga kiritilgan 374,5 km elektr tarmoğida mukammal ta’mirlaş işlari töliq bajarildi. Bu körsatkiç respublikadagi magistral elektr tarmoqlari filiallari orasida eng yuqori natija hisoblanadi.
Bundan taşqari, rejada belgilangan 32 ta öçirgiçning barçasi ta’mirlandi. Bir dona yuqori kuçlanişli transformatorni ta’mirlaş rejalaştirilgan bölsa, amalda 6 ta transformator ta’mirdan çiqarildi.
Taşrif yakunida energetika obyektining işonçliligini yanada oşiriş, mavsum davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan holatlarning oldini oliş va iste’molçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlaş böyiça mas’ullarga tegişli topşiriq va körsatmalar berildi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/21454
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati