
Siz azizlarni ko‘psonli jamoamiz nomidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etamiz!
Milliy til — kurrai zaminimizdagi barcha xalqlar va millatlarning madaniy o‘zagi, asosiy muloqot manbai hisoblanadi. Ona tilimiz orqali alla eshitganmiz, oilada tarbiya, o‘quv muassasalarida ta'lim olganmiz, urf-odat, an'ana va madaniyatlarimiz ruhiyatimizga singgan.
► 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi belgilab qo‘yilgan.
Alqissa shuki, til — tariximiz, til — madaniyatimiz, til — milliy qadriyatlarimiz unsuri.
Fursatdan foydalanib, Jonajon yurtimiz ahlini, jahon mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni, qolaversa, energetika sohasi jonkuyarlarini bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-baraka, tinchlik-omonlik tilayman.
Hurmat bilan,
A.A.Nazirov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi