2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MAGISTRALTARMOQQURILISH: Yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i metall tayanch ustunini o‘rnatishga tayyorgarlik jarayonlari
  • 16.10.2026
  • 12

Toshkent viloyatida L-Rayhon elektr uzatish liniyasini “Eshanguzar” podstansiyasiga kiritish uchun 35 kV elektr uzatish liniyasi trassasini 110 kV gabaritlariga moslab rekonstruksiya qilish olib borilmoqda. Ayni kunlarda 110 kV elektr uzatish liniyasida fundament quyish va metall tayanch ustuni yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

Ish jarayonida metall tayanch ustunning poydevor qismini barpo etish hamda metall konstruksiya elementlarini yig‘ish ishlari bajarilmoqda. Ushbu bosqichlar tayanchni ko‘tarib o‘rnatish uchun zamin yaratadi.

Suratlarda obyektdagi amaliy ish jarayonlaridan lavhalar aks etgan.

► Obyektlardagi ish jarayonlari va bajarilgan ishlar haqida rasmiy kanalimiz orqali ma’lumot berib boramiz.

 

“Magistraltarmoqqurilish” — rasmiy kanal