

Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo etilayotgan “Mergancha” podstansiyasida “Magistraltarmoqqurilish” filiali Toshkent va Farg‘ona uchastkalari jamoalari bir nechta yo‘nalishda ish olib bormoqda.
▪️ Nasosxona binosida devorlarni betonlash uchun qoliplar o‘rnatilmoqda.
▪️ Transformator moyini saqlashga mo‘ljallangan 60 tonnalik sig‘im uchun qolip o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.
▪️ Birinchi rezervuarda konstruksiyani namlik va suv ta’siridan himoyalash maqsadida gidroizolyatsiya ishlari olib borilmoqda.
Har bir jarayon — obyekt qurilishining navbatdagi bosqichi. Suratlarda uchastkalarimiz jamoalarining kundalik mehnatidan lavhalar.
► Obyektlardagi ish jarayonlari va bajarilgan ishlar haqida rasmiy kanalimiz orqali ma’lumot berib boramiz.
“Magistraltarmoqqurilish” — rasmiy kanal