2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Maxsus taktik-öquv maşğulotlari ötkazildi — mavsumiga tayyorgarlik örganildi
  • 14.10.2026
  • 29

Özbekiston Respublikasi Boş vazirining 30-iyuldagi 25/26-147-son bayoni, 8-sentabrdagi reja-grafik hamda Toşkent viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boşliğining 2026-yil 10-sentyabrdagi 20-sonli buyruğiga asosan, Toşkent viloyatida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi.

Örganişlar davomida moddiy zaxiralar, kuç va vositalarning şaylik holati, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etişga tayyorgarlik darajasi, FVDqT xizmatlari hamda kommunal soha taşkilotlarining özaro hamkorligi közdan keçirildi.

Mazkur tadbirlar doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari, Respublika işçi guruhi a’zolari hamda Toşkent viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boşliği boşçiligidagi mutasaddilar iştirok etdi.

Maxsus taktik-öquv maşğuloti davomida 500/220/10 kV kuçlanişli "Toşkent", 110/35/6 kV kuçlanişli "Töytepa" podstansiyalarda hamda "Örta ovul" markaziy omborxonasida nosozlik bilan boğliq şartli avariya holati yuzaga keltirildi.

Maşğulot jarayonida filial mutaxassislarining avariya holatini tezkor aniqlaş, elektr qurilmalarini xavfsiz holatga keltiriş, şartli avariya oqibatlarini bartaraf etiş hamda elektr ta’minotining barqarorligini tiklaş böyiça amaliy harakatlari sinovdan ötkazildi.

Jarayonda Favqulodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari, Respublika işçi guruhi a’zolari hamda Toşkent viloyati hokimiligining mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

 

«TOŞKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI