2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN ŞAHAR HOKIMLIGI: Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik — barqarorlik va mas’uliyat talabi
  • 11.09.2026
  • 10

Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari Salom Samadov boşçiligida Namangan şahrida kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişga puxta tayyorgarlik köriş, şuningdek, kommunal xizmatlar böyiça yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni bartaraf etiş masalalariga bağişlangan muhokama yiğilişi bölib ötdi.

Unda Namangan şahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hokimlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari hamda kommunal xizmat körsatiş taşkilotlarining mas’ul mutasaddilari iştirok etdi.

Şuningdek, muhokama yiğilişida Davlatobod tumani ştabi rahbari — «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi A.A.Nazirov ham iştirok etib, magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuçlanişli podstantsiyalarda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilayotgan işlar yuzasidan axborot berib, Davlatobod ştabi faoliyati bilan taniştirdi.

Yiğilişda hududlarda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oşirilayotgan işlarning holati, mavjud muammolar va aniqlangan kamçiliklar atrofliça tahlil qilindi. Xususan, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini kommunal xizmatlar bilan barqaror ta’minlaş, muhandislik tarmoqlarining şayligini ta’minlaş hamda mavsum davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, kommunal xizmatlardan foydalaniş natijasida şakllangan debitor qarzdorliklarni qisqartiriş va mavjud qarzdorliklarni undiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi. Aniqlangan kamçiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş, qarzdorliklarni undiriş çoralarini kuçaytiriş hamda mas’ul rahbarlarning bu boradagi şaxsiy javobgarligini oşiriş yuzasidan tegişli mutasaddilarga aniq topşiriq va körsatmalar berildi.

Muhokama yakunida belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga oliş, kuz-qiş mavsumida aholiga kommunal xizmatlarni uzluksiz va sifatli körsatiş, şuningdek, aniqlangan muammolarga manzilli va amaliy yeçim topiş böyiça ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Manba: Namangan şahar hokimligi Matbuot xizmati 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati