2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.104.0: Yangi energetika islohotlari xususuda radiotinglovchilarga axborot berildi
  • 10.09.2026
  • 14

«Yoshlar» radiokanalining  FM.104.0 to‘lqinlarida jonli efirga uzatilgan "Jonli muloqot" dasturda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov hamda "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev ishtirok etdi. Onlayn efirda mutaxassislar "yashil energetika" istiqbolli lohilariga oid turli yo‘nalishdagi maʼlumotlar bilan o‘rtoqlashib, radiotinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

YouTube’da ko‘rish/eshitish

Ma’lumot o‘rnida: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasidagi natijalar eʼtiborga loyiq. “Yashil” elektr stansiyalari tomonidan 2022-yilda 434 mln kVt·soat, 2023-yilda 576,9 mln kVt·soat, 2024-yilda 4,9 mlrd kVt·soat va 2025-yilda 10,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati