2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: “Yangiyer” podstansiyasidagi montaj ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi
  • 08.09.2026
  • 16

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining tasarrufidagi Yangiyer shahrida joylashgan 220/35/10 kV kuchlanishli “Yangiyer” podstansiyasida 10 kV kuchlanishli yopiq taqsimlash qurilmasi (ЗРУ-10 кВ)ning montaj ishlari yakunlandi.

Mazkur ishlar podstansiyaning elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda mavjud elektr tarmoqlarining barqaror faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yopiq taqsimlash qurilmasining o‘rnatilishi podstansiyaning texnik imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, elektr uskunalarining xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!